RISE
Extreme Fight Game RISE (qisqacha RISE) - bu Yaponiyada tashkil etilgan professional kikboksing tashkiloti. Boshqa jang san'ati tashkilotlaridan farqli ravishda RISE faqatgina kikboksing bo'yicha jang kechalari va turli musobaqalarni tashkillaydi. RISEning yana bir o'ziga xosligi, professional musobaqalardan tashqari "KAMINARIMON" nomi ostida havaskorlar o'rtasida ham musobaqalar o'tkazadi[1].
![]() | |
Sanoat | Professional va havaskor kikboksing musobaqalarini tashkillashtirish |
---|---|
Tarmogʻi | Jang San'ati |
Ishga tushgan sanasi | 2003 |
Asoschi(lar)i | Takashi Ito |
Vebsayti | https://rise-rc.com/ |
Tokyo |
Tarixi
tahrirRISE tashkiloti 2003-yilda Yaponiyada Takashi Ito tomonidan asos solingan[2]. Tashkil qilingan vaqtidan boshlab RISEning asosiy maqsadi kikboksing sportining rivojlanishi va ommalashishiga hissa qo'shish bo'lib kelmoqda. Dastlabki yillardan boshlab, RISE tezda mashhurlikka erishdi va xalqaro miqyosda tanildi. Tashkilot yuqori darajadagi janglarni o'tkazish orqali ko'plab sportchilar va muxlislarni o'ziga jalb qildi[3].
Qoidalar
tahrirK-1dan farqli o'laroq RISE kikboksing va muaytay qoidalari asosida o'z reglamentini ishlab chiqqan[4]. Unga ko'ra:
- Qo'l Zarbalar: Boksdagi kabi to'liq zarbalar berilishi mumkin. Bunga jab, kross, xuk va upperkat kiradi.
- Oyoq Zarbalar: Oyoq zarbalari, jumladan low kick (past zarba), middle kick (o'rta zarba) va high kick (yuqori zarba) qo'llanilishi mumkin. Oyoq zarbalari son, qorin va boshga qaratilishi mumkin.
- Tizzalar: Ba'zi qoidalarda tizza zarbalari ham qo'llashga ruxsat berilgan.
- Himoya: Raqibning zarbalaridan himoyalanish uchun bloklar, to'siqlar va qochish texnikalari qo'llaniladi.
O'yinlar asosan 3 daqiqalik 3 raunddan iborat bo'lib, chempionlik uchun o'yinlar 3 daqiqadan 5 raund va cheksiz qo'shimcha raundlardan iborat.
Taniqli Sportchilar
tahrir- Tenshin Nasukava - RISEning ko'plab kikboksing chempionatlarida qatnashgan va g'alaba qozongan. Quyi yengil vaznda chempion bo'lgan.
- Chadd Kollinz - kikboksing va muaytay bo'yicha xalqaro chempionatlar g'olibi, RISE jahon chempioni, muaytay bo'yicha WBC and WMC kamarlari sohibi.
- Kazuki Osaki - ayni vaqtda RISE super yengil vazn chempioni.