Triptofan
(R aaminopropion kislotadan yoʻnaltirildi)
Triptofan, r(Zindolil) aaminopropion kislota, CnH12N2O2 —muxim tabiiy aminokislotalardj biri. L va Doptik faol hamda DLratsemik shakllari bor. Gammaglobulin, fibrinogen, kazein va boshqa oqsillar tarkibida oz miqsorda LT. boʻladi. LT. almashtirib boʻlmaydigan aminokislota. Odam ovqat bilan (kattalar bir kechakunduzda 0,25 g, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar 1 g ga yaqin) LT. olishi kerak. T. trikarbon kislotalar sikliga kiradi. Kishida tugʻma oksidlaydigan T. fermenti — triptofanpirrolaza boʻlmasa, aqli zaiflik kuzatiladi. T. almashinuvining buzilishi ogʻir kasalliklar (sil, saraton, diabet)ga olib keladi. Sintetik T. indol, pirouzum kislota va ammiakdan fermentativ sintezlab olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |