Rafael Nuritdinov (1977-yil 12-iyun, Oʻzbekiston SSR Fargʻonada tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq velosportchi[1].

Rafael Nuriddinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 12-iyun 1977-yil (1977-06-12) (47 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston SSSR
Faoliyat yillari 2000—2006
Sport
Qaysi sport Velosport
Klubi Faoliyatini yakunlagan

Faoliyati

tahrir

Rafael ajoyib sprinter, shu bilan birga har doim yaxshi velosipedchi boʻlib kelgan, lekin velosportdagi katta natijalarga erisha olmadi. Havaskorlar orasida u Italiyada Lombard tuzilmalari „UC Bergamasca 1902“ va „Ceramiche Pagnoncelli“ jamoalari bilan poygalarda qatnashgan. Rafael Nuritdinov 2001-yilda Gran Premio Industria e Commercio Artigianato Carnaghese musobaqasida gʻolib chiqdi va keyin Colpack-Astro velosiped jamoasi musoboqalarda stajor sifatida faoliyat olib bor boshladi. Keyingi yili 2002-yilda „Colpack-Astro“ jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi. Trofeo di Kastelfidardo musoboqasida 2002-yilgi mavsumdagi eng yaxshi natijasi sifatida 7-oʻrinni egalladi. 2003-yilda „Colpack-Astro“ jamoasi „De Nardi-Pasta Montegrappa“ bilan birlashib, „De Nardi-Kolpak“ jamoasini tashkil qildi va 2004-yilgacha shu jamoa tarkibida qoldi. U oʻzining eng yaxshi natijalarini 2003-yilda „De Nardi“ jamoasi tarkibida Uniqa Classic turniring ikkinchi bosqichda qoʻlga kiritdi. Keyingi yili shosseda poyga bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi[2]. 2005-yilda u „Domina Vakanse“ga koʻchib oʻtdi. 2005-yilgi mavsumda Nuritdinov „Domina Vakanze“ jamoasi tarkibida ilk va soʻnggi bor „Tour de Frans“ musoboqasida ishtirok etdi. Turnirda gʻolibga aylangan Lens Armstrongdan deyarli 4 soat ortda 147-oʻrinni egalladi. Oʻsha yili u „Tour of Spain“ musobaqasida ishtirok etdi va yakunda 120-oʻrinni qolga kiritdi. Bu uning professional mavsumidagi yagona yuqori nuqtasi edi va keyinchalik u 2006-yilgi mavsum uchun jamoa topa olmadi va shu sababli velosportdan voz kechdi va professional faoliyatini yakunladi.

Jamoalar

tahrir
  • 2002-yil Colpack Astro
  • 2003-yil De Nardi-Kolpak
  • 2004-yil De Nardi
  • 2005-yil Domina Vakanze

Manbalar

tahrir
  1. „Storia di Rafael Nuritdinov“ (2023). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  2. „Rafael Nuritdinov Player Profile“ (13 de janeiro de 2014). 13 de janeiro de 2014da asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir