Rafail Toqtosh
Rafail Hodiyevich Toqtosh (1926.26.1, Qozon) — sanʼatshunos, rassom, Oʻzbekiston BAakad. (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyatxodimi (1978). Sanʼatshunoslik doktori (1973), professor (1996). Moskvadagi I. Surikov nomidagi badiiy intda (1946—50) va Peterburg Badiiyot akadimyasida (1950— 54) taʼlim olgan. Tatar adibi Hodi Toqtoshpnng oʻgʻli. 1932-yildan Oʻzbekistonda. 1960-yildan Hamza nomidagi sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim. 1996-yildan Sanʼat instituti (1997-yildan Milliy rassomlik va dizayn intima pedagog. T.ning ilmiy faoliyati Oʻzbekiston tasviriy sanʼati masalalarini yoritishga bagʻishlangan.
T. rassom sifatida yaratgan asarlari (jumladan, Hamzaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan rasmlar va grafika turkumi) respublika muzeilarida sak,lanadi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Manbalar
tahrir- Bahrom Hamdamiy, T., 1969; Oʻzbekistonning tasviriy sanʼati, T., 1972; Hozirgi zamon Oʻzbekiston grafikasi, T., 1972; Oʻrol Tansiqboyev,T., 1978; Aleksandr Volkov, T., 1982; Badiiy tanqid etyudlari, T., 1993.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |