Rahim Majidovich Qoriyev (1905. 31.12 - Toshkent - 1989.24.8) - teatr arbobi. Oʻzbekiston (1967) va qoraqalpogʻiston (1957)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Leningraddagi Gersen nomidagi pedagogika, Plexanov nomidagi Moskva xalq xoʻjaligi, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutlarida taʼlim olgan. Oʻzbekiston XKS huzuridagi Sanʼat ishlari boshqarmayei boshligʻining oʻrinbosari hamda Oʻzbek davlat opera va balet teatri lirektori (1934—41), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). 1946— 57 yillar Navoiy teatri direktori. Madaniyat vazirligi Sanʼat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari (1958-62), 1962-85 yillar Oʻzbekiston Teatr jamiyati prezidiumi raisi oʻrinbosari.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil