Rahim Rahmonov (1910—?) — davlat va jamoat arbobi. Rahim Rahmonovich Rahmonov 1910-yili Fargʻona shahrida oddiy ishchi oilasida tavallud topgan. 1920-yilgacha oilasi bagʻrida, 1920-1924-yillarda Fargʻona shahrida joylashgan bolalar uyida tarbiya oladi. 1924-yil Toshkentga kelib, muallimlar bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1928-yilda u yerni tamomlab, Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti kimyo fakultetiga oʻqishga kiradi. Talabalik davridayoq 1929—1930-yillarda Samarqand yer ishlari texnikumida mehnat faoliyatini boshlaydi. U keyinchalik Samarqand zoosovet institutida ishlab, ilmiy izlanishlar olib boradi[1]. Rahim Rahmonov 1932-yilda universitetni tamomlaydi va 1932-1934-yillar davomida Qoʻqondagi paxtachilik institutining kimyo laboratoriyasida assistant boʻlib ishlaydi. 1932—1934-yillarda Qoʻqondagi Molotov nomidagi Pedagogika institutida kimyo laboratoriyasida assistent boʻlib, 1935-yil 1-martdan 15-noyabrgacha Chirchiq elektorookimyo kombinati qoshida tashkil etilgan elektrokimyo texnikumi direktori vazifasida ish olib boradi. Rahim Rahmonov 1936-yilda Leningrad shahridagi Lenin nomli Butunittifoq selxoz akademiyasining aspiranturasiga kiradi va 1940-yilda disertatsiyasini mutavvafiqatli himoya qiladi. U shu vaqfdan boshlab Biologiya fanlari nomzodi unvonini oladi. Rahim Rahmonov 1940—1941-yillarda SSSR FAning OʻzSSR Botanika instituti direktori boʻlib ishlaydi. U faoliyati davomida Oʻrta Osiyo davlat universiteti talabalariga biokimyo fanidan dars berib, dotsent ilmiy darajasini oladi. 1941-yil 27-sentabr kuni Rahim Rahmonovni qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqadi. 1941-yil 28-sentyabrda uning uyida tintuv oʻtkazilib, qamoqqa olinadi. 1942-yil 8-avgustdagi IIXK yigʻilishida 9 nafar oʻzbek olimi orasida Rahim Rahmonov ham 10 yil mehnat tuzatish lageri (MTL)ga hukm etiladi. 1942—1944-yillarda Rahim Rahmonov Karlagda agranom, 1944—1949-yillar Almati viloyatidagi qishloq xoʻjaligi lageri 5-boʻlimida agronom boʻladi. 1952-yil Rahim Rahmonov jazo muddatini toʻliq oʻtab lagerdan ozod boʻladi. 1956-yil 27-sentabr kuni OʻzSSR Oliy sudi qarori oqlanadi[2].

Rahim Rahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1910-yil
Fargʻona shahri



Manbalar

tahrir
  1. Irzayev B. Qoʻqon tarixidan lavhalar. Toshkent: „Akademnashr“, 2020 — 240-bet. 
  2. Hasanov B. Tarixning nomaʼlum sahifalari VIII kitob. Toshkent: „Akademnashr“, 2018 — 304-bet.