Rahima Hodiyevna Aminova (1925.18.11, Qo‘qon) – tarixchi olima, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan ar-bobi (1985), tarix fanlari doktori (1963), professor (1968). O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini bitirgan (1948). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim (1953– 57), bo‘lim mudiri (1957–93), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari O‘zbekistonda sanoat ishchilari tarixi, agrar masala, xotin-qizlar harakati va boshqa mavzularga bag‘ishlangan. O‘zbekiston xotin-qizlari orasida jamoat ishlari olib borgan. A. 13-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Moskva, 1970), 14-Xalqaro tarix fanlari kongressida (San-Fransisko, 1975), 9-Jahon sotsiologlari kongressida (Up-sala shahri, Shvesiya 1978), 10-Jahon sotsi-ologlari kongressida (Mexiko, 1982), 16-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Shtutgard shahri, 1985), AQShda bo‘lib o‘tgan Xalqaro tarixchilar ilmiy konfe-rensiyasida (1986), shuningdek Efiopiya, Jazoir, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro simpozium va konfe-rensiyalarda ilmiy ma’-ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil