Abdumannon Rahmonovich Rahimjonov (1927.18.8 — Toshkent — 2004.25.1) — nevropatolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. (1977). Tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1965). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1949), Oʻzbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutis da ordinator (1949—50), Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining nerv kasalliklari kafedrasida ordinator (1950—54), assistent (1954—59), dotsent (1959—65). 1967-yildan kafedra mudiri, institut rektori (1984 — 97). Ilmiy ishlari, asosan, miya gipotalamik (diensefal) sohasining revmatizm oqibatida zararlanishini oʻrganish, gipotalamik sindromning klinikasi va diagnostikasini aniqlashga oid. Rahimjonov neyrotonzilyar kasalliklarning original tasnifini tuzdi. Uning rahbarligida "chap yarim sharlar" va "oʻng yarim sharlar" epilepsiyasi, miya insultida uyquning buzilishi, diagnostikasi va davosi, "kunduzgi" va "tungi" ishemik insultlar xronopatologiyasi va xronoterapiyasi boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomalar amaliy tibbiyotga tatbiq etildi.

Manbalar tahrir

  • Revmaticheskiye zabolevaniya nervnoy sistemi. T., 1980; Epilepsiya i funksionalnoye sostoyaniya mozga. T., 1985 (chamkorlikda); Tunelnie kompressionnoishemicheskiye nevropatii, T., 1988; Sosudistie zabolevaniya golovnogo mozga, T., 1991 (hamkorlikda).