Rahmatilla Obidov
Rahmatilloh qori Qosim qori o‘g‘li Obidov (Rahmatulloh qori Obidov; 1951-yil Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani Qo‘g‘ay qishlogʻida tugʻilgan) — ToshDSHI sharq filologiyasi fakultetining 1998-yilgi bitiruvchisi. Toshkent shahri „Koʻkcha“ mahallasi hududidagi Shayx Zayniddin jomeʼ masjidining imom-xatibi[1]. Oʻzbekistondagi yirik islomiy olimlardan biri[2].
Rahmatilla Obidov | |
---|---|
Tavalludi |
1951 Namangan |
Istiqomat joylari | Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | sharqshunoslik |
Faoliyati
tahrir1973 — 1978-yillarda Buxorodagi Mir Arab diniy madrasasi talabasi; 1978 — 1980-yillarda Uychi tumanidagi „Xudoyberdi Eshon“ jomeʼ masjidi imom-xatibi; 1980 — 1983-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom oliy maʼhadi talabasi; 1983-yildan, shu maʼhad mudarrisi (Ayni vaqtda, oʻrindoshlik asosida T); 1994-1998-yilda TDSHI talabasi.1999 — 2001-yil TIU maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori; 2001 — 2012-yillar TIU Islomshunoslik kafedrasi dotsenti, hozir nafaqada[3].
Ilmiy yoʻnalishi — dinshunoslik, islom tarixi. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Marokash, Fransiya, Turkiya, Eron, Malayziya, Misr, Suriya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Chexoslovakiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa mamlakatlarda ilmiy safarlarda boʻlgan (2000 — 2004).
Asosiy ilmiy ishlari
tahrir- Nomz. diss. mavzusi: „Seystanskiy vopros“. — M., 1955.
- Nomz. diss. mavzusi: „Qurʼoni karimda Iso paygʻambar siymosi“. — Toshkent, 2001.
1. Al-Buxoriy. Al-jomeʼ asSahih: 3-kitob tarjimasi / Baxtiyor Nabixon oʻgʻli bilan hammualliflikda. — Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1997. −558 b.
2. Qurʼoni karim: Iso paygʻambar haqida. — Toshkent: Movarounnahr, 1998. — 77 b.
3. Imon va eʼtiqod — Toshkent: Movarounnahr, 1999. −111 b.
4. Magʻfirat va poklanish oyi // Hidoyat. — Toshkent: Movarounnahr, 1999. — № 2. — B.4 — 5, 8.
5. Farzand buyuk neʼmat // Sihat-salomatlik. — Toshkent: Sharq, 1999. — № 5-6. — B.8 — 12.
6. Ilohiy kitoblar. — Toshkent: TDSHI, 2000. — 41 b.
7. Bibi Maryam // Saodat. — Toshkent: Sharq, 2000. — № 4, — B.12 — 15.
8. Osmondan tushgan dasturxon qissasi va uning manbalari // Adabiyot koʻzgusi. — Toshkent, 2000. — № 6. B.32 — 38.
9. Ilohiy kitoblar — Toshkent: TDSHI, 2000. −41 b.
10. Haromdan saqlaning // Sihat-salomatlik. — Toshkent, 2001. — № 1. — B.8 — 9.
Manbalar
tahrir- ↑ „Раҳматуллоҳ қори Обидов“. islom.uz. Qaraldi: 29-may 2023-yil.
- ↑ „РАҲМАТУЛЛОҲ ҚОРИ ОБИДОВ“. mirarabmadrasa.uz. Qaraldi: 29-may 2023-yil.
- ↑ Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021.
Adabiyotlar
tahrir- O`zbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021.