Rahmatulla Ortiqov
Rahmatulla Ortiqov (1899-yil tavallud topgan – 1965-yil 29-mayda vafot etgan[1]) – Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Oʻzbekiston SSR Namangan viloyati Chortoq tumani „Moskva“ kolxozining raisi, Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati va Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali sohibi[2].
Rahmatulla Ortiqov | |
---|---|
Tavalludi |
1899-yil |
Vafoti | 29-may 1965-yil |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Hayoti va faoliyati
tahrir1899-yilda Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Namangan uyezdida tugʻilgan. KPSS aʼzosi.
1914-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda qatnashgan. 1914—1960-yillarda mardikor, oʻz xoʻjaligida dehqon, birgalikda yer yetishtirish boʻyicha mahalliy shirkatdagi dehqon, Oʻzbekiston SSR Namangan viloyati Chortoq tumani „Moskva“ kolxozining raisi.
Hukumatning urush sharoitida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargani uchun kolxoz raisi Rahmatulla Ortiqov ikki marta "Mehnat Qizil Bayroq" ordeni bilan taqdirlangan[3].
Qurgʻoqchilik vaqtida 1946-yilda Chortoq „Moskva“ kolxozi paxtakorlari Namangan viloyatida eng yuqori „oq oltin“ hosiliga erishgani uchun kolxoz rais Rahmatulla Ortiqov Lenin ordeni bilan taqdirlandi. Buyuk Oktyabr Sotsialistik inqilobining 40 yilligi arafasida „Moskva“ kolxozi mehnatkashlari 1956-yil 31-oktabrda Namangan viloyatida eng yuqori paxta hosilini topshirishgan (gektariga 38,5 sentnerdan). „Moskva“ kolxozi 1956-yilda oʻz zimmasiga olgan sotsialistik majburiyatlarini oʻtgan yilga nisbatan 26 kun oldinroq va rejadan ortiq 100 tonna paxta topshirdi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribalardan keng foydalanilgani, paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olgani uchun u Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[3]. 4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. 1965-yil 29-mayda vafot etgan.
Mukofotlari
tahrir- Lenin orden
- „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali
- Sotsialistik Mehnat Qahramoni
Manbalar
tahrir- ↑ „Раҳматулла Ортиқов“. Sovet Oʻzbekistoni (1965-yil 1-iyun), s. 4.
- ↑ „Rahmatulla Ortiqov biografiyasi“.
- ↑ 3,0 3,1 Kavaleri ordena Slavi tryox stepeney: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii D. S. Suxorukov. – M.: Voenizdat, 2000. – 703 s. – 10 000 ekz. – ISBN 5-203-01883-9.