Rahmatulla Qoʻngʻurov (1933.7.2, Jizzax viloyati Forish tumani Nurak qishlogʻi — 1994.8.12, Samarqand shahri) — tilshunos.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), filol. fanlari doktori (1983), professor (1984). Jizzax ped. bilim yurtini (1951), Samarqand Davlat Universiteti oʻzbek filol. fakultetini (1956) tugatgan. Samarqand Davlat Universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi (1956—58), dotsent (1963 — 83), kafedra mudiri (1971—94), oʻzbek va tojik filol. fakulteti dekani (1985-yildan oʻrishyushlik asosida). Q.ning asosiy ilmiy ishlari adabiy tili morfologiyasi, leksikologiya va leksikografiyasi, sti-listika va toponimikasi, badiiy asarlar tili hamda nutq madaniyati masalalariga bagʻishlangan ("Oʻzbek tilida tasviriy soʻzlar", 1966; "Oʻzbek tili stilistikasidan ocherklar, 1974; "Badiiy matnning lingvistik tahli-li", 1990; "Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari", hamkorlikda, 1992 va boshqalar).