Rahmon Olloberganovich Olloberganov (1910.1.1 - Xiva - 1986.15.11) — bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1965). Xorazm teatrlarida sozanda, musiqa rahbari va dirijyor (1930—40), Urganch musiqa maktabi oʻqituvchisi (1940—42) va direktori (1944—62 va 1964-yildan). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—44). O. "Adolat" (I. Akramov), "Maʼrifat qurbonlari" (E. Rahim), "Oshiq Gʻarib" (Yu. Yusupov; A.Otajonov bilan hamkorlikda) va boshqa pyesalarga, bir qancha inssenirovkalarga musiqa yozgan. "Yoshligim", "Bir kelib keting qishlogʻimizga" va boshqa qoʻshiklari ommaviylashgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil