Rain Man (roman)
„Rain Man“ („Yomgʻir odami“) — amerikalik yozuvchi Leonore Fleischer qalamiga mansub roman. 1989-yil „Penguin Books“ nashriyotida bosilib chiqqan. Roman shu nomli film asosida yozilgan. Film ssenariysini Ronald Bass bilan Barry Morrow yozgan. Ssenariy uchun asos boʻlgan hikoyani ham Barry Morrow yozgan. Roman bir necha tilga tarjima qilingan. Shuningdek, 1994-yil romanning ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun moʻljallangan qisqa versiyasi chop etilgan[1].
Muallif(lar) | Leonore Fleischer |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot | „New American Library“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1989 |
Syujeti
tahrirRomanda Charlie Babbitt (talaffuzi: Charli Bebbitt) ismli qoʻpol va egoist koʻzboʻyamachi haqida hikoya qilinadi. Babbitt oʻzidan uzoqlashib ketgan otasi koʻp million dollar qiymatga ega boyliklarini Raymon (talaffuzi: Reymon) ismli boshqa oʻgʻliga meros qilib qoldirganidan xabar topadi. Charliega esa faqat otasining avtomobili hamda atirgul kolleksiyasi qoladi.
Charlie oʻta aqlli va autist akasi Raymond haqida avval eshitmagan boʻladi. Charlie akasiga qolgan boylikka erishish uchun uni autistlar uyidan olib chiqadi. Pirovardida ikki aka-uka bir-biriga bogʻlanib qoladi, Charlie otasi qaroridan boshqa gʻazablanmay qoʻyadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Fleischer, Leonore. Rain Man. Essex: Penguin Books, 1999. ISBN 978-0-582-41785-4.