Rangin qushcha
„Rangin qushcha“ (inglizcha: The Painted Bird) — asli kelib chiqishi polyak boʻlgan amerikalik yozuvchi Jerzy Kosiński tomonidan yozilgan roman. Roman ilk bor 1965-yil nashr etilgan. U oʻz davrida koʻplab bahslarga sabab boʻlsa-da, urush dahshatlarining yorqin portretini chizib bergan asar ekanligi taʼkidlanadi[2]. Roman Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sharqiy Yevropa (ehtimol Polsha) boʻylab kezib yurgan bolaning baxtiqaro taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Shuningdek, romanda zoʻravonlik unsurlari yaqqol koʻzga tashlanib, u avtobiografik xususiyatlar bilan mujassamlashgan.
Muallif(lar) | Jerzy Kosiński |
---|---|
Muharrir(lar) | Ma'muraxon Qutliyeva |
Tarjimon(lar) | Mirzohid Muzaffar[1] |
Bezovchi(lar) | Firdavs Do‘stmatov |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1965 |
Nashriyot | Zabarjad Media |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2023 |
Keyingisi | "Steps" (Qadamlar) romani |
Mavzusi
tahrirAsar Ikkinchi jahon urushining front orti voqealarini yoritib bergan. Kitobdagi voqealar Jerzy Kosinski bolani oʻquvchiga tanishtirishi bilan boshlanadi. 20 bobdan iborat asardagi barcha voqealar 6 yosh bola nigohi bilan koʻrsatilgani bilan oʻzgacha ahamiyat kasb etgan. Millati loʻli yoki yahudiy ekanligiga urgʻu berilgan bolani ota-onasi konslagerdan omon saqlab qolish uchun uni Sharqiy Yevropa qishloqlariga joʻnatishga majbur boʻlishadi. Bolaga vaqtinchalik qarab turgan keksa xola vafotidan keyin bola uchun chinakam ogʻir davrlar boshlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Tarjimonlik mundarijasi: Har til bilgan mutarjim bo'lmas“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Elaine Kauvar. Cynthia Ozick's Fiction: Tradition and Invention. Indiana University Press, 1993 — 77-bet. ISBN 9780253331298. Qaraldi: 2015-yil 22-iyun. „Gypsy or Jewish stray.“