Rani Hamid (1944-yil 14-iyulda tugʻilgan) - bangladeshlik ayol shaxmatchi, 1985-yilda mamlakatning birinchi ayol xalqaro ustasi boʻlgan. U jami 20 marta mamlakat chempioni boʻlgan.

Rani Hamid 75 yoshida ayollar oʻrtasidagi 38-milliy chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan amaldagi mamlakat chempioni.[1][2][3] U 2019-yil sentabrda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 20-chi milliy chempionat da ham birinchilikni qoʻlga kiritdi.[4] rRni Hamid, shuningdek, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Britaniya chempionatining uch karra gʻolibi hamdir.[5] U 2018-yilda mintaqa chempioni boʻldi, 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha Jahon kubogida Jurnalistlar tanlovida sovrinini va 2017-yilda Dehli shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik shaxmat turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Rani Hamid

Rani Hamid 2012-yilda
Toʻliq ismi রাণী হামিদ
Mamlakat Bangladesh bayrogʻi Bangladesh
Tugʻilishi 14-iyul 1994-yil (1994-07-14) (29 yosh)
Sylhet, Assam Provinsiyasi, Hindiston
Saravha Xalqaro usta
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 1864 (noyabr 2021-yil)
Yuqori reytingi 2189 (oktabr 2007-yil)

Hayoti tahrir

 
Hamid eri MA Hamid bilan 1959-yilda to'ydan keyin.

Rani Hamid 1944-yilda Silxetdagi Sayeda Jasimunnessa Xatun qishlogʻida tugʻilgan. U 34 yoshida shaxmat oʻynay boshlagan.[6] Rani Hamid 1985-yilda FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.

Rani Hamid 1979-yildan 1984-yilgacha ketma-ket olti yil davomida mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi hamda jami 19 ta unvonga egalik qildi.[6] Rani Hamid bu natijasiga koʻra, Bangladesh ayollar chempionatida eng koʻp gʻolib boʻlganlik ayolshaxmatchi hisoblanadi. U 1983, 1985 va 1989-yillarda ayollar oʻrtasidagi Britaniya chempionatida ham gʻoliblikka erishgan.[5]

Rani Hamid 1985-yilda mamlakatdagi birinchi FIDE ayol xalqaro shaxmat ustasiga aylangan. Bu vaqtga kelib, u 1979-yildagi oʻzining birinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritgan edi. 1984-yildan boshlab Rani Hamid barcha Jahon shaxmat olimpiadalarida qatnashgan (umumiy jamoada hisobida 3 marta).

Rani Hamid 75 yoshida, 2019-yil sentabr oyida Bangladesh milliy ayollar chempionligini qoʻlga kiritdi.

Rani Hamid 2018-yilda mintaqa chempioni boʻlgan. Rani Hamid Rossiyada boʻlib oʻtgan JCh-2018da "Jurnalistlar tanlovi" mukofotiga loyiq koʻrildi. U Dehlida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik shaxmat boʻyicha 2017-yilda oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Hamid 1959-yildan 2008-yilgacha sport tashkilotchisi podpolkovnik M.A. Hamid bilan bir oila boʻlib hayot kechirgan (uning vafotiga qadar).[7] Ularning oʻgʻli Kaiser Hamid Mohammedan Sporting klubining sobiq futbolchisi va 1980--1990-yillarda Bangladesh milliy futbol jamoasining sardori boʻlgan. Ranining keyingi oʻgʻli Sohel Hamid skvosh boʻyicha mamlakat chempioni edi.[2] Ranining kenja oʻgʻli Shajahan Hamid Bobby (2022-yil vafot etgan) milliy gandbolchi va birinchi divizion futbol ligasi oʻyinchisi boʻlgan.[8] Shuningdek, Rani Hamidning Jabin Hamid ismli qizi ham bor. 

Manbalar tahrir

  1. „Twitter, International Chess Federation“. mobile.twitter.com (28-sentabr 2019-yil).
  2. 2,0 2,1 P. K. Ajith Kumar. „Rani Hamid — Anand's cheer girl from Dhaka“. The Hindu (14-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2017-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "thehindu" defined multiple times with different content
  3. „About Sports and Games“. Bangladesh Sangbad Sangstha. 28-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Rani Hamid regains title“ (inglizcha). The Daily Star (19-avgust 2018-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2018-yil.
  5. 5,0 5,1 „John Saunders's Chess Pages: British Chess Champions, 1904 to present“. www.saund.co.uk. Qaraldi: 15-sentabr 2018-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "british" defined multiple times with different content
  6. 6,0 6,1 „Chess Queen Rani Hamid: Deserves a place in Guinness“ (inglizcha). The Financial Express. Qaraldi: 14-sentabr 2018-yil. "Chess Queen Rani Hamid: Deserves a place in Guinness". The Financial Express. Retrieved 14 September 2018. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "queen" defined multiple times with different content
  7. „Noted sportsman MA Hamid dies at 76“. Qaraldi: 14-sentabr 2018-yil.
  8. „BOA mourns death of Shajahan Hamid“. BSS (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  • Whyld, Ken (1986–yil), Shaxmat: Rekordlar, Ginnesning rekordlar kitobi, 142-bet, ISBN 0-85112-455-0 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)CS1 maint: date format ()