Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va Oʻzbekistondagi rivojlanishi

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi rivojlangan davlatlarda keng qoʻllanishi haqida barchamiz xabardormiz. Raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisodiy faoliyat boʻlib, har kuni odamlar, bizneslar, qurilmalar orasida bogʻlanishdir. Raqamli iqtisodiyot kirib borgan har bir jamiyat raqamli iqtisodiyotning foydasi qanchalik yuqori ekanligini yetarliycha tushinib yetishgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida 2020- yil ʻʻIlm- maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili" deb eʼlon qilindi.

Raqamli iqtisodiyot oʻzi nima? Raqamli iqtisodiyot atamasi qachon paydo boʻlgan? bu atamaning kelib chiqishi ? bu soʻrovlar hammamizga qiziq boʻlishi aniq albatta. Raqamli iqtisodiyot bu – yangi texnalogiyalar, platformalar va biznes modellarni yaratish va ularni kundalik hayotga taqdim etish orqali iqtisodiyotni faolik bilan oshirish boʻladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi unchalik uzoq boʻlmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlangan. Nikolas Negroponte axborot-komunikatsiya texnalogiyalarini intensiv rivojlanishining eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga oʻtish haqida gapirib oʻtgan.

Raqamli iqtisodiyotning quyidagi belgilari mavjud boʻladi

tahrir

• Yuqori darajadigi avtomatlashtirilganlik.
Elektron hujjatlar almashinuvi
• Bugʻalterlik va boshqaruv tizimlarning elektron itegratsiyalashuvi.
• Maʼlumotlar elektron baʼzalari.
• CRM yaʼni mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi mavjudligi

Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi

tahrir

Geografik jihatdan raqalmi iqtisodiyot rivojlanishi juda notekis boladi. Hozirgi vaqtda raqamli iqtisodiyotga rivojlangan mamlakatlar bilan raqamli iqtisodiyotdan rivojlanmagan mamlakatlar oʻrtasida yetarlicha farq bor desak adashmaymiz. Misol qilsak rivojlanmagan mamlakatlarda har beshta odamdan toʻrttasida internet tarmogʻi yoʻq, rivojlangan mamlakatlarda esa beshta odamdan toʻrttasida internet tarmogʻi mavjud boʻladi.
Raqamli iqtisodiyot dunyo YaIM ning 4.5 foizidan 15.5 foizigacha ortdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida qoʻshilgan qiymatga kelsak, AQSh va Xitoy birgalikda dunyo YaIMning qariyb 40 foizini tashkil qiladi. Yalpi ichki mahsulotda ushbu tarmoq ulushi Xitoyning Tayvan provinsiyasi, Irlandiya va Malayziyada eng yuqori hisoblanadi.

Adabiyotlar

tahrir

[1] [2] [3] [4]

  1. Kelly K. New Rules for the New Economy: 10 radical strategies for a connected world / K. Kelly. – New York: Viking, 1998.
  2. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroj’atnomasi.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi
  4. LapidusL. V. Tsifrovaya ekonomika: upravlenie elektronnim biznesom i elektronnoy kommersiey. –M.: INFRA-M, 2017. −281 s