Raqamli kamera
Raqamli kamera (inglizcha: digital camera) — fotosuratlarni raqamli xotiraga joylovchi fotokamera. Zamonaviy kameralarning aksariyati raqamli boʻlib,[1] mobil va transport vositalari kabi boshqa qurilmalar qismi qilib ishlab chiqarilmoqda.[2] Biroq, yuqori sifatli, yuqori aniqlikdagi alohida kameralar hali ham professionallar tomonidan keng qoʻllanadi.
Raqamli kameralarda ham, kinokameralarda ham odatda tasvir yigʻuvchi qurilmaga yorugʻlik jamlovchi oʻzgaruvchan diafragmali bir xil optik tizim ishlatiladi. Tasmali kameralardan farq qilib raqamli kameralarda tasvir yigʻuvchi qurilma kimyoviy emas, balki elektron prinsipda ishlaydi. Shuningdek raqamli kameralarda olingan suratlarni darhol koʻrish va xotiradan oʻchirish mumkin. Koʻpgina raqamli kameralar ovozli videolarni ham yoza oladi. Baʼzi raqamli kameralar suratlarni qirqishi, bir-biriga ulashi va boshqa sodda tasvir tahrir ishlarini bajara oladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Musgrove, Mike. „Nikon Says It's Leaving Film-Camera Business“. Washington Post (2006-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 23-fevral.
- ↑ https://fstoppers.com/news/nikon-closes-china-camera-factory-cites-smartphones-cause-201773 Nikon Closes China Camera Factory, Cites Smartphones as Cause
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |