Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 228-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi
Turi Davlat muassasasi
Tarmogʻi (+998 71) 203-13-24
Maqomi Markaz
Ishga tushgan sanasi 2012-yil
Joylashuvi Toshkent, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3
Direktor Alisher Ilxamovich Abdullayev
Ishchilar soni 18 ta
Vebsayti e-edu.uz
Til(lar)i Oʻzbek

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi "Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-200-son qaroriga asosan, markaz "Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi" deb qayta tashkil etildi.

Markazning asosiy maqsadi va vazifalari:

tahrir

Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tizimida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda ta'lim tizimiga raqamli ta'lim texnologiyalarini qo'llash va rivojlantirish, shuningdek, ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirishdan iborat.

Markaz tuzilmasi

tahrir

Korporativ tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘limi

Axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash va tahlil qilish bo‘limi

Axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish bo‘limi

Axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi

Interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo'limi

Buxgalteriya

Manbalar

tahrir
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qarori

Havolalar

tahrir