Ras-Dashen [1] ( amh. ራስ ደጀን) — Efiopiya va butun Efiopiya togʻ tizimidagi eng baland togʻ, Efiopiya togʻlarining shimolida, Gondar shahri yaqinida joylashgan. Balandligi — 4533 m. Simen milliy bogʻining bir qismidir.

Ras-Dashen

Ras-Dashen gʻarbiy tomonidan koʻrinishi
Joylashuvi Efiopiya
Koordinatalar 13/14/12/N/38/22/21/E
Togʻ tizmasi Efiopiya togʻ tizmasi
Choʻqqisi 4533
Ilk koʻtarilishi Ferre va Galinye

Balandligi tahrir

Koʻpgina xaritalarda, shu jumladan SSSR Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasining xaritalarida togʻning balandligi 4620 metrni tashkil qiladi. 2005-yilda balandlik zamonaviy oʻlchov asboblari yordamida oʻlchanib: 4533 m deb oʻrnatilgan (Efiopiya xaritalash boshqarmasi nashri, 2005).

Birinchi koʻtarilish tahrir

Togʻ choʻqqisiga birinchi boʻlib chiqgan yevropaliklar fransuz ofitserlari Ferret va Galinyerlar boʻlgan (1841-yil). Mahalliy aholi tomonidan ilgari koʻtarilish haqida hech qanday dalil yoʻq. Choqqing iqlimi va sharoitlari odam uchun qulay deb aytiladi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

  1. https://peakbagger.com/peak.aspx?pid=11117