Rashid Nabiyevich Nabiyev (1912, Samarqand — 1985.10.6, Toshkent) — tarixchi olim, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), tarix fanlari doktori (1967).

Samarqand pedagogika texnikumi (1927—30) va Fargʻona pedagogika instituti (1930—33) da oʻqigan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1947—52), boʻlim mudiri (1956—62), Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar boʻlimi mudiri (1952—56). 1962-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston tarixiga oid bir qancha oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar muallifi.

Manbalar

tahrir
  • XIV asrda Oʻrta Osiyoda sarbadorlar qoʻzgʻoloni, T., 1942; Iz istorii Kokandskogo xanstva (feodalnoye xozyaystvo Xudoyarxana), T., 1973; Tashkentskoye vosstaniye 1847 g. i yego sotsialno-ekonomicheskiye predposilki, T., 1966.