Rasul Abdusalamovich Katinovasov (1969-yil 22-aprelda tugʻilgan, Batlaich, Dogʻiston ASSR) — sovet, rus va oʻzbek erkin kurashchisi, Yevropa chempionati va Osiyo oʻyinlari sovrindori, Osiyo chempioni. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi[1].

Rasul Abdusalomovich Katinovasov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi/Rossiya/Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1969-yil 22-aprel
Batlaich, Xunzaxsk tumani, Dogʻiston ASSR, Rossiya SFSR, SSSR
Faoliyat yillari 1981-2000-yillar
Boʻyi 179 sm
Vazni 85 kg
Sport
Qaysi sport erkin kurash
Klubi

„Urojay“ (Maxachkala)

Dinamo (Toshkent)
Murabbiy(lar)i

Sidir Jabrailov;

Ma’mur Roʻziyev
Medallar

Yaxshi niyat oʻyinlari

1Chempion Sankt-Peterburg 1994 

Jahon chempionatlari

2Kumush medal sovrindori Edmonton 1994
2Kumush medal sovrindori Chattanuga 1995

Osiyo oʻyinlari

2Kumush medal sovrindori Bankok 1998

Yevropa chempionati

3Bronza medali sohibi Fribur 1995

Osiyo chempionati

1Chempion Guylin 2000

Egizak akasi - Saygid Katinovasov, erkin kurashchi, Jahon kubogi sovrindori, Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori. SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi .

Tarjimai holi tahrir

1969-yilda Dogʻiston ASSRning Xunzaxskiy tumani, Batlaich qishlogʻida tugʻilgan. 74 kilogrammgacha, 82 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifalarida „Urojay“ (Maxachkala) jamoasi uchun kurash olib borgan. Murabbiyi — S.D.Jabrailov boʻlgan.

1986-yilgi SSSR yoshlar chempionati. 1991-yilgi SSSR chempioni. 1991-yildan SSSR terma jamoasi aʻzosi. 1991-yilda Varnada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 4-oʻrinni egallagan.

1993-yildagi Rossiya chempioni. 1994-yilgi Rossiya chempionati va 1996-yilgi Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori. 1992-yilgi Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori.

1992-yildan 1996-yilgacha Rossiya terma jamoasida oʻynagan. 1994-1995-yillarda jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylangan. 1994-yildagi Yaxshi niyat oʻyinlarda gʻalaba qozongan. 1995-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori.

1997-yildan 2001-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan. 1999-yilda jahon chempionatida 6-oʻrinni egallagan. 2000-yilda Osiyo chempioni boʻlgan.

2001-yilda jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan va oʻsha yili sport faoliyatini yakunlagan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir