Rauf Yumakulov
Rauf Abdullayevich Yumakulov (1945-yil 15-noyabr, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR – 2005-yil 23-avgust, Boku,Ozarbayjon) – sovet futbolchisi, himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1967). Futbolchi Boris Yumakulovning akasi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rauf Yumakulov Abdullaevich | ||
Tavallud sanasi | 1945-yil, 15-noyabr | ||
Tavallud joyi | Boku, Ozarbayjon SSR | ||
Vafot sanasi | 2005-yil, 23-avgust | ||
Vafot joyi | Boku, Ozarbayjon | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1964—1965 | Chernomorets | ||
1966—1967 | Ararat | ||
1968—1970 | Zenit (Leningrad) | ||
1971 | Neftchi Boku | ||
1972 | Dinamo (Leningrad) | ||
1973 | Yangiyer | ||
1974—1975 | Kirovets | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirRauf Abdullayevich Yumakulov 1945-yil 15-noyabrda Boku shahrida tugʻilgan. Boku futbol klubi bitiruvchisi, Qizil bayroq ordenli Kaspiy flotiliyasi sport klubi (1956—1958), Bokuning „Spartak“ (1959—1960, murabbiy K. P. Kuznetsov), Ozarbayjon maktab oʻquvchilari jamoasida (1961—1963) oʻynagan[1].
Murabbiy Artyom Falyandan qoʻl ostida Yerevaning „Ararat“ (1964—1965), „Sement Novorossiysk“ (1966—1967) klublarida toʻp surgan. Shundan soʻng u bir muncha vaqt quyi liganing turli klublarida oʻynadi, keyin esa Leningrad chempionatida oʻynay boshladi. 1968-yilda Zenit (Leningrad)ga koʻchib oʻtgan. Rauf Abdullayevich Yumakulov Zenit tarkibida uch mavsum oʻyanagan. Chempionatda 60 oʻyin oʻtkazgan va birorta gol urolmagan. Artyom Falyana isteʼfoga chiqarilganidan soʻng Rauf Yumakulov ham jamoani tark etgan[2]. Keyinchalik 1971-yilgi mavsumda Bokuning Neftchi Boku jamoasi safida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1972-yilda, „Dinamo Leningrad“ jamoasi safida harakat qilgan. Mavsum davomida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan. Rauf Yumakulov 1973-yildan SSSR chempionatining Markaziy Osiyo zonasi B toifasida oʻynovchi Yangiyer jamoasi safiga qoʻshilgan va 1973-yilgi mavsumni shu jamoada yakunlagan. Futbolchilik faoliyatidagi oxirgi jamoa „Kirovets“ kubi boʻldi. Finlyandiyada biroz vaqt ayollar futbol jamoalariga murabbiylik qildi. Keyinchalik „Avrora“ (1989—1991) va Zenit futbol klublarining yoshlar jamoasiga (1995—1996) murabbiy qildi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Ю. Лукосяк. «Кто есть кто в петербургском футболе», 2011, с. 183
- ↑ «Наш „Зенит“», № 639, с. 7
- ↑ „Семейные кланы «Зенита». Рауф и Борис Юмакуловы“. www.sports.ru. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.