Ravshan Komilov (1964-yil 26-oktabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi. Shou-biznes sohasida 1987-yildan beri milliy estrada xonandasi sifatida faoliyat yuritadi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2000).

Ravshan Komilov
Tavalludi Ravshan Komilov
26-oktyabr 1964-yil (1964-10-26) (60 yosh)
Janrlar anʼanaviy musiqa
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Amplua Qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis

Bolalik yillari 4-sinfdan qashqar rubobida chalib, qoʻshiq kuylay boshlagan. Musiqa maktabida taʼlim oladi va madaniyat texnikumini bitiradi. Soʻngra Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlaydi.

Sanʼat sohasidagi faoliyati

tahrir

Ravshan Komilov „Odam boʻlaylik“, „Qarab qoʻy“, „Tango“, „Yurishlaring yoqadi“, „Ozodani sevaman“ kabi qoʻshiqlarini oʻz muhlislariga taqdim etdi. Hozirgi kungacha xonandaning 200 dan ortiq qoʻshiqlari 30 dan ortiq klipi va 10 dan ortiq albomi mavjud. Ravshan Komilov „Odam boʻlaylik“, „Erka qiz“, „Ozoda“, „Sevib qoldim“, „Odamlar“, „Dunyo“ deb nomlangan koʻplab albomlarni yaratgan. 2017-yili Ravshan Komilov tomonidan ijro etilgan „Oqbilak oyim toshkentlik“ qoʻshigʻi ancha yillar avval Ilhom Ibrohimov tomonidan ijro etilgan.[1] Ravshan Komilov bir qator filmlarda ham suratga tushgan. Bular, rejissyor Lutfulla Sa'diyevning Oʻzbekiston telekanali orqali namoyish etilgan „Singilginam“ milly teleserialida, „Otaga tik boqma“, Rustam Saʼdiyevning „SMS“ filmlarida suratga tushgan.[2]

Oilasi

tahrir

Ravshan Komilovning oʻgʻli Farux Komilovdir. Farrux Komilovning sanʼatga kirib kelishiga otasi Ravshan Komilov sababchi boʻlgan.2005-yil Ravshan Komilov hamda Farrux Komilov birgalikda Xalqlar doʻstligi—(Istiqlol saʼnat saroyi) sanʼat saroyida konsert dasturlarini taqdim etishdi.

Erishgan yutuqlari

tahrir

Ravshan Komilov 1991-yilda „Kamolot“ koʻrik-tanlovi gʻolibi, 1994-yilda „Ulugʻbek“ mukofoti laureati, 2000-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonlariga sazovor boʻldi.[3] U Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tadbirlari va boshqa davlat shaharlarida gastrol konsertlarini namoyish etib faol qatnashib kelmoqda.


Manbalar

tahrir