Ravshan Mahmudov
Ravshan Mahmudov (1925, Samarqand tumani — 1943) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Markaziy front 61-armiyaning 415-oʻqchi diviziyasi oʻqchisi. 1943-yil 27-sentabrda Chernigov viloyatining Repki rayonidagi Zmei xutori yaqinida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtgan, jangchilarni 3-marta hujumga boshlagan, oʻng sohildagi platsdarmni saqlab qolish uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan. 1944-yil 15-yanvarda Qahramon (vafotidan soʻng) unvoniga sazovor boʻlgan.[1][2]
ManbalarTahrirlash
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 января (№ 4 (264)). — С. 1.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |