Ravshanbek Siddiqov

oʻzbekistonlik agronom olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor

Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov (1952-yil 7-aprel, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik agronom olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (2008), professor (2022).

Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov
Tavalludi 7-aprel 1952-yil (1952-04-07) (72 yosh)
Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi agronom
Sohasi qishloq xoʻjaligi
Taʼlimi Andijon paxtachilik instituti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Ravshanbek Siddiqov Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani 1952-yil 7-aprelda tugʻilgan[1]. 1975-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxasisligi olim agronom. 1968—1985-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Frunze“ nomli sovxoz ishchisi, 2-brigada boshlig‘i, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi, fuqarolar mudofaasi boshlig‘i, Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi tuman qoʻmitasi mas’ul kotibi, muhandis-irrigator, direktor o‘rinbosari, bosh agronom, partiya qo‘mitasi kotibi, 1985—1986-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Dzerjinskiy“ nomli sovxoz partiya qo‘mitasi kotibi, 1987—1988 yillarda sovxoz direktori, 1988—1988-yillarda Andijon viloyati partiya qo‘mitasi tashkiliy ishlar bo‘limi yo‘riqchisi, 1988—1992-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Dzerjinskiy“ nomli sovxoz direktori, 1992—1994-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Sharof Rashidov“ nomli davlat xo‘jaligi direktori, 1994—1996-yillarda Andijon viloyati „Xo‘jaobod“ dehqonchilik sanoati uyushmasi bosh boshqaruvchisi, 1996—1999-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, 1999—2002-yillarda Andijon viloyati „Xo‘jaobod mevalari“ agrofirmasi bosh direktori, 2002—2014-yillarda Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2014-yildan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori[1][2].

Ilmiy faoliyati tahrir

Ravshanbek Siddiqov 1996-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, 2008-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini, 2012-yildan Rossiya fanlar akademiyasining akademigi, 2022-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Olim tomonidan 35 dan ortiq boshoqli don ekinlarining yangi navlari yaratilgan. Ravshanbek Siddiqov 2 ta monografiya, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

Mukofotlari tahrir

  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
  • „O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi“ ko‘krak nishoni (2020);
  • „Do‘stlik“ ordeni (2021)[3][4].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE