Ray Kroc (talaffuzi: Rey Krok; 5-oktyabr 1902-yil —— 14-yanvar 1984-yil) McDonald’s franchayzasiga asos solgan va uni dunyo miqyosida kengaytirganligi bilan mashhur tadbirkor hisoblanadi. 1984-yil 14-yanvarda vafot etgan.

Hayoti

tahrir

Ray Kroc 1902-yil 5-oktyabrda Illinois shtatidagi Oak Parkda tugʻilgan.

Faoliyati

tahrir

Birinchi Jahon urishidan keyin sotuvchi boʻlib ishlaydi. 1950-yillarda aka-uka McDonald larga mikser sotib, ular bilan aloqada boʻlgan. U oʻz xoxishi bilan aka-uka McDonald lar bilan agent sifatida ishlagan. 1955-yil korporatsiya prezidenti boʻldi. Oʻsha yili Des Plaines (Chikago) da birinchi franshiza restoranini ochdi va oʻsha yili yana 17 ta franshiza ochdi, lekin foyda koʻp boʻlmadi. 1961-yil McDonald’s kompaniyasini 2,7 mln dollorga sotib oldi.1965-yil Qoʻshma Shtatlarning 44 ta Shtatida 700 ta muassasa ochdi va oʻsha yilning aprel oyida u tezkor Fastfood ishlab chiqaradigan birinchi kompaniya boʻlib, jamoatchilikka chiqa boshladi. 1970-yilgacha dunyo boʻylab 1500 dan ortiq McDonald’s retorantlarini ochdi.

Krocning eng yaxshi iboralari

tahrir

— Agar siz faqat pul uchun ishlasangiz, unga hech qachon erisha olmaysiz, lekin agar siz oʻzingizning ishingizni yaxshi koʻrsangiz va mijozni doimo birinchi oʻringa qoʻysangiz, muvaffaqiyat sizniki boʻladi. — Omad — bu terning dividendidir. Qanchalik koʻp terlasangiz, omadliroq boʻlasiz.

Manbalar

tahrir