Rayan Tomas Gosling (1980-yil 12-noyabrda tugʻilgan, London, Ontario, Kanada) — kanadalik aktyor va musiqachi. Ikki karra „Oskar“ga nomzod (2007, 2017), „Oltin globus“ mukofoti sovrindori (2017), „Sunʼiy yoʻldosh“ mukofotining ikki karra gʻolibi (2007, 2012) va AQSh Milliy kinotanqidchilar kengashi mukofoti (2006) laureati. 2008-yilda u Zak Shilds bilan birgalikda „Dead Manʼs Bones“ musiqiy guruhini yaratdi va shu kungacha unda chiqishlar qilib kelmoqda.

Ryan Gosling
Ryan Gosling
Tavalludi 12-noyabr 1980
Fuqaroligi Kanada

Aktyor: „Fanatik“, „Qotilliklar hisoboti“, „Lelandning Qoʻshma Shtatlari“, „Xotira kundaligi“, „Qol“, „Sinish“, „Barcha yaxshi narsalar“, „Valentin“, „ Bu ahmoq sevgi“, „Qaragʻaylar ortidagi joy“, „Mart gʻoyalari“, „Gangster ovchilari“, „Faqat Xudo kechiradi“, „La La Land“, „Blade Runner-2049“ va „Kulrang odam“ kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.

Hayoti tahrir

Rayan Tomas Gosling Ontario shahrida qogʻoz sotuvchisi Tomas Rey Gosling va kotiba Donnaning farzandi. Uning ota-onasi ham kanadalik fransuzlar.

Gosling bolaligida The Mickey Mouse Club aʼzosi boʻlib, u yerda Britni Spirs, Kristina Agiular va Jastin Timberleyk kabi zamonaviy yulduzlar bilan birga chiqish qilgan.

2004-yilda u People jurnali tomonidan „Eng jozibali ellikta boʻydoq“ roʻyxatiga kiritilgan.

2021-yilda u TAG Heuer[1] brendi elchisiga aylandi.

Musiqiy faoliyat tahrir

Rayan „Dead Manʼs Bones“ musiqiy guruhida 2008-yil dekabr oyida yaqin doʻsti Zak Shilds bilan birgalikda " In The Room Where You Sleep " albomini va unga atalgan birinchi musiqiy klipni[2] chiqardilar. Dastlab, yigitlar bir-birlarini yoqtirmasdilar[3], lekin ikkalasi ham har xil dahshatli hikoyalar, arvohlar, yirtqich hayvonlar va zombilarning muxlislari ekanligi maʼlum boʻlgach, ular umumiy gʻoyalarni amalga oshirish uchun qoʻshma loyiha yaratishga qaror qilishdi.

Shaxsiy hayoti tahrir

U aktrisalar Sandra Bullok (2002—2003), Reychel MakAdams (2004-2007,[4]), Famke Yanssen (2007—2008), Jeymi Marrey (2009—2010)[5] bilan ishqiy munosabatlarda boʻlgan.

U 2011-yil sentyabr oyidan beri Eva Mendes bilan yaqin munosabatda boʻlgan[6][7].Shundan soʻng 2014-yil 12-sentabrda aktrisa qiz farzandi dunyoda keltirdi. Unga Esmeralda Amada Gosling, deb ismli qoʻyishdi. 2016-yil 29-aprelda esa er-xotinning ikkinchi qizi Amada Li Gosling tugʻildi.[8].

Filmografiyasi tahrir

  1. „У TAG Heuer новый амбассадор — и им стал Райан Гослинг“ (ruscha). The Blueprint. 31-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2021-yil.
  2. „In The Room Where You Sleep (video)“. 25-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2017-yil.
  3. „Первое официальное интервью группы Dead Man’s Bones“. 18-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2020-yil.
  4. „Gosling and McAdams Off Again“. 17-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2008-yil.
  5. „Who dated who: Ryan Gosling“. 29-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2008-yil.
  6. Питер Микелбэнк. „Ryan Gosling and Eva Mendes Take a Macabre Tour of Paris“ (inglizcha). People (26 ноября 2011). 12-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  7. „Ryan Gosling, Eva Mendes going separate ways“. 18-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2013-yil.
  8. „Ryan Gosling and Eva Mendes Welcome Daughter Amada Lee“ (inglizcha). PEOPLE.com. 25-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2019-yil.