Raymond Kopa
Raymon Kopa (fransuzcha: Raymond Kopa, tugʻilganda Kopashevskiy (polyakcha: Kopaszewski), 13-oktabr 1931-yil, Ne-le-Min (Pa-da-Kale), Fransiya) — kelib chiqishi polyak boʻlgan fransiyalik futbolchi. Hujumchi. 50-60-yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Oʻynagan klublari: „Anjers“ (1949-1951), „Stad de Reyms“ (1951-1956; 1959-1967), „Real Madrid“ (1956—1959).
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Raymond "Kopa" Kopaszewski | ||
Tavallud sanasi | 13-oktyabr 1931-yil | ||
Tavallud joyi |
Ne-Le-Min, ![]() | ||
Boʻyi | 169 sm | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Laqabi | Futbol Napoleoni | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini tugatgan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1949-1951 1951-1956 1956-1959 1959-1967 |
Anjers Stat de Reyms Real Madrid Stat de Reyms |
(60 (15) 158 (48) 79 (24) 244 (36)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1952-1962 | Fransiya | (45 (18)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Fransiya terma jamoasi safida 1952-1962 yillarda 45 ta oʻyin oʻtkazgan.
BiografiyaTahrirlash
Fransiyada Polshadan kelgan emigrant konchilar oilasida tavallud topgan. Oʻz faoliyatini oʻng qanot hujumchisi sifatida boshladi va keyin markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshladi. 1958-yildagi jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi, chempionat natijasiga koʻra, Fransiya bronza medali sohibi boʻldi. Shu sababdan ham 1958-yili „Oltin toʻp“ sovriniga ega boʻldi. Afsuski, oyogʻining sinishi va uni davolash uchun oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 1967-yilda oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻldi[1].
Erishgan natijalariTahrirlash
- Fransiya chempioni: 1953, 1955, 1960, 1962
- Ispaniya chempioni: 1957, 1958
- Yevropa chempionlari kubogi (3): 1957, 1958, 1959
- Yevropa chempionlari kubogi finalchisi: 1956
- Lotin kubogi sohibi: 1953, 1957
- Lotin kubogi finalchisi: 1955
- Jahon chempionati bronza medal sohibi: 1958
- „Oltin to'p“ sohibi: 1958
- „Kumush toʻp“ sohibi: 1959
- „Bronza toʻp“ sohibi: 1956, 1957
- 1970-yil 30-noyabrda Fahriy legion ordeni bilan mukofotlangan. (bu orden bilan mukofotlangan birinchi futbolchi)
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ 1. Raymon Kopa Futbol: polnaya illyustrirovannaya ensiklopediya mirovogo futbola pod. red. S. N. Shmitko, M, Rosmen-Izdat, 2000, s. 144
HavolalarTahrirlash
- FFF rasmiy saytidagi sahifasi Wayback Machine saytida arxivlandi (2006-11-23).
- L’Equipe gazetasi saytidagi sahifasi
- Vosstavshiy protiv rabstva[sayt ishlamaydi]