Real ish haqi
Real ish haqi — moddiy neʼmat va maishiy xizmatlarda ifodalangan, ish haqiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori.[1] Real ish haqi isteʼmolchilar oʻzlarining haqiqiy ish haqlariga amalda qanday miqdorda isteʼmol neʼmatlari sotib olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini koʻrsatadi. Real ish haqi ham nominal ish haqi miqdori, ham isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari darajasi, shuningdek, ish haqidan toʻlanadigan soliqlar hajmi bilan belgilanadi.
Real ish haqi, inflyasiya sharoitlarida, agar inflyasiya ish haqini oshirish, indeksatsiyalash bilan qoplanmaydigan boʻlsa, pasayib ketadi. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosib, isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir.
Manbalar
tahrir- ↑ "Real ish haqi". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |