Rebecca Joy Selkirk (1993-yilda tugʻilgan), janubiy afrikalik shaxmatchi. U hozircha shaxmatda ayol magistrlik unvonigagina ega, shuningdek gossmeysterka nomzodlardan ham biri hisoblanadi.

Rebekka Selkirk
Toʻliq ismi Rebekka Joy Selkirk
Mamlakat Janubiy Afrika Respublikasi
Tugʻilishi 1993-yil
Saravha Ayol shaxmat magistri (WGM)
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 1819 (oktabr, 2019-yil)

Faoliyat

tahrir

Rebecca Selkirk 2019-yilda ayol magistrlik unvoniga sazovor boʻldi. U 2018-yilgi Shaxmat Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.[1] 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida 4/9 ball toʻplagan holda, Janubiy Afrika shaʼnini himoya qilgan.[2]

Rebecca Selkirk 2021-yilgi onlayn shaxmat olimpiadasida Janubiy Afrika nufuzi uchun vakill boʻlish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, u oʻziga berilgan taklifini rad etdi. Rebecca Selkirk oʻzini yetarlicha malakali deb hisoblamagani va ayrim musobaqalarda shaffoflikni toʻliq taʼminlanmaganligini sabab sifatida keltirib oʻtdi.[3]

Striming va blog yuritishdagi faoliyati

tahrir

2020-yil yanvar oyi oxirida Rebecca Selkirk janubiy afrikalik shaxmat boʻyicha ayollar chempioni, xalqaro ayol ustasi Jesse February bilan hamkorlikda Twitch striming platformasida HashtagChess kanalini yoʻlga qoʻydi. Kanal 2022-yil iyul holatiga koʻra 14500 dan ortiq obunachilarni jalb etishga muvaffaq boʻldi.[4]

2021-yil 1-oktabrda Jesse February oʻzining shaxsiy twitch akkauntida (Jesse_Feb) translatsiya qilish uchun HashtagChess-ni tark etishini eʼlon qildi. Buning natijasida, Rebecca Selkirk HashtagChess kanalining yagona egasi boʻlib qoladi. Boʻlinish doʻstona tarzda amalga oshdi, asosiy sabablar sifatida „turli martaba va kontent yaratish maqsadi“ borligi aytib oʻtildi.[5]

Selkirk, shuningdek, oʻzining shaxsiy akkaunti ostida mashhur chess.com veb-saytiga muntazam ravishda oʻz bloglarni joylashtiradi.[6]

Manbalar

tahrir
  1. „43rd Olympiad Batumi 2018 Women“. chess-results.com. Qaraldi: 19-mart 2020-yil.
  2. „Chess-Results Server Chess-results.com - 44th Olympiad Chennai 2022“. chess-results.com. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  3. Selkirk (beccrajoy). „South African Chess in Crisis“ (inglizcha). Chess.com. Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
  4. „Twitch“. Twitch. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  5. „TwitLonger — When you talk too much for Twitter“. www.twitlonger.com. Qaraldi: 6-oktabr 2021-yil.
  6. „WCM Rebecca Selkirk (beccrajoy) - Chess Profile“ (inglizcha). Chess.com. Qaraldi: 19-fevral 2021-yil.