Registr (musiqa)
Registr (lotincha: registrum — roʻyxat) — musiqa asbobi chiqara oladidan eng past va eng baland ovoz balandligi oʻrtasidagi masofadir. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida „musiqa cholgʻu asbobi yoki xonanda diapazonining bir xil tembrga ega tovushlar guruhi“ oʻlaroq taʼriflangan. Xonanda ovozining muayyan registr tovushlari bir usulda (masalan, koʻkrak, bosh yoki aralash rezonator yordamida) chiqariladi.
Registr musiqada boshqa maʼnolarda ham qoʻllanadi. Xususan, akkordeon, bayan, klavesin kabi musiqa cholgʻularida tovush kuchi va tembrini oʻzgartirishga imkoniyat beruvchi moslama ham registr deb nomlanadi. Shuningdek, organda bir xil tuzilishga hamda tovush tusiga ega boʻlgan trubalar guruhi ham registr deyiladi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |