Res judicata
Res judicata (RJ) yoki res iudicata, shuningdek, "claim preclusion" ("daʼvoning oldini olish") sifatida ham tanilgan, lotincha "hal qilingan masala" maʼnosini bildiruvchi atama boʻlib, fuqarolik huquqi va umumiy huquq tizimidagi ikkita tushunchadan birini anglatadi: ish yuzasidan yakuniy hukm mavjud va endi uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas; hamda aynan bir xil taraflar oʻrtasidagi daʼvoni qayta koʻrib chiqishni taqiqlash (yoki oldini olish) uchun moʻljallangan huquqiy taʼlimot.
"Res judicata" mavjud boʻlgan taqdirda, masalani aynan oʻsha sudda ham, boshqa sudda ham qayta koʻrib chiqish mumkin emas. Sud bir ishni yana qayta koʻrib chiqishni rad etish uchun "res judicita"dan foydalanadi.[1]
"Res judicata" doktrinasi — bu ishning taraflariga nisbatan adolatsizlikning oldini olish usuli, shuningdek, baʼzi hollarda yoxud koʻpincha huquqiy resurslarini keraksiz isrof qilishdan saqlanish usuli hisoblanadi. "Res judicata" nafaqat kelajakdagi hukmlarning oldingi hukmlarga zid boʻlishiga toʻsqinlik qiladi, shuningdek, taraflarning koʻp sonli sud qarorlari va chalkashliklardan himoya qiladi.
Umumiy huquq yurisdiksiyalarida "res judicata" prinsipini qoʻllash masalasi sudya yoki javobgar, sudlanuvchi tomonidan koʻtarilishi mumkin.
Sud ishi boʻyicha yakuniy sud qarori chiqarilgandan soʻng, oldingi sudning yoxud oldingi sud bilan bilan mohiyati boʻyicha aynan bir xil boʻlgan sudning ishni koʻrib chiqayotgan sudyalari birinchi sud qarorining taʼsirini saqlab qolish uchun "res judicata" doktrinasiga murojaat qiladilar.
Sud protsessida javobgar, ayblanuvchi "res judicata"dan himoya sifatida foydalanishi mumkin. Umumiy qoida shundan iboratki, javobgarga, sudlanuvchiga qarshi daʼvo qoʻzgʻatgan va qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga ega boʻlgan daʼvogar oʻsha sudlanuvchiga nisbatanquyidagi hollarda boshqa daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin emas:
- daʼvo birinchi daʼvoda muhokama qilingan xuddi shu bitimga asoslansa;
- daʼvogar birinchi daʼvoda qoʻlga kiritilganiga nisbatan boshqacha himoya vositasini yoki qoʻshimcha himoya vositasini qoʻllashni soʻrasa;
- daʼvo shunday xususiyatga ega boʻladiki, uni dastlabki daʼvoga qoʻshib taqdim etish mumkin edi[2].
Bankrotlik holati sud jarayonida tasdiqlangandan soʻng, ushbu holat barcha ishtirokchilar uchun majburiydir. Sud protsessi davomida taraflardan biri tomonidan koʻtarilishi mumkin boʻlgan, ammo koʻtarilmagan holatga taalluqli har qanday masala yuzasidan arz qilish "res judicata" bilan taqiqlanishi mumkin[3].
Amerika Qoʻshma Shtatlari Konstitutsiyasiga yettinchi oʻzgartirish hakamlar hay'ati tomonidan koʻrib chiqilgan hech qanday fakt qonun qoidalariga muvofiq Amerika Qoʻshma Shtatlari sudida yoki biror shtat sudida qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari boshqa tarzda qayta koʻrib chiqilishi mumkin emasligini belgilaydi.
"Res judicata" prinsipini qoʻllash uchun bir nechta omillarga rioya qilish kerak:
- ishdagi holatning bir xilligi;
- daʼvoning sabablarining bir xilligi;
- ishdagi taraflarning bir xilligi;
- ishda ishtirok etayotgan taraflarning bir xilligi;
- sud qarorining yakuniy boʻlgani;
- tomonlarga masala yuzasidan oʻz nuqtai nazarini bayon etish uchun toʻliq va adolatli imkoniyat berilganligi.
Xalqaro huquq
tahrir"Res judicata" Xalqaro Sud Statutining 38-moddasi 1-qismi "c" bandiga muvofiq xalqaro huquqning umumiy tamoyilidir. “Funksiyasi xalqaro huquqqa muvofiq oʻziga taqdim etilgan nizolarni hal qilishdan iborat boʻlgan sud:... c. sivilizatsiyalashgan davlatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy tamoyillarini [qoʻllaydi]”[4][5].
Zamonaviy xalqaro huquqda "res judicata" BMT Xalqaro sudining Statutida mustahkamlangan[6]:
"59-modda
Sud qarori faqat ishda ishtirok etayotgan tomonlar uchun va faqat ushbu ish boʻyicha majburiydir.
60-modda
Qaror yakuniy va uning ustidan shikoyat qilinmaydi. Qarorning maʼnosi yoki hajmi toʻgʻrisida nizo boʻlsa, istalgan tomonning iltimosiga binoan uni sharhlash yuzasidan qaror sudga tegishli boʻladi".
Manbalar
tahrir- ↑ Larson. „Issue Preclusion and Claim Preclusion: How Prior Litigation Can Block Your Claim“. ExpertLaw.com (3-noyabr 2017-yil). 2018-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
- ↑ „Res Judicata“. Wex. Cornell Law School. Qaraldi: 12-dekabr 2017-yil.
- ↑ „11 U.S. Code § 1141 - Effect of confirmation, Subsection (a)“. Legal Information Institute. Cornell Law School. Qaraldi: 12-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Statute of the International Court of Justice: Chapter II Article 38.1.c“. 29-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
- ↑ "Beck's Law Dictionary": A Compendium of International Law Terms and Phrases on the website of the University of Virginia
- ↑ „Statute of the International Court of Justice: Chapter II Article 38 (1)(c)“ (Ingliz tilida). Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrirВишневский Г.А. Действие принципа res judicata как необходимое условие обеспечения справедливости // Современное право. 2013. № 11. С.76-84.