"Tirilish" (ruscha „Voskresenie“) — rus yozuvchisi Lev Nikolayevich Tolstoy qalamiga mansub roman. Ilk marta rus tilida 1899-yili nashr etilgan. Tolstoy ushbu romanda XIX asr oxiridagi rus jamiyatining barcha salbiy jihatlarini ochib berishga harakat qilgan[1]. Asar qahramonlari vositasida oʻsha davr chor Rossiyasining sud tizimi, yuqori tabaqalardagi korrupsiya va tovlamachilik holatlari, oddiy xalqning nochor iqtisodiy ahvoli yoritilgan. Romanda rus-pravoslav cherkov tizimi ham tanqid ostiga olinganligi uchun Rossiyada ruhoniylarning tazyiqiga uchragan va 1901-yilda asarni oʻqishga taqiq qoʻyilgan[2].

"Tirilish"
Asl nomi "Воскресение"
Muallif(lar) Lev Tolstoy
Mamlakat Rossiya
Til ruscha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1899-yil
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2019-yil
Sahifalar soni 546
Veb-sayt https://asaxiy.uz

Asarning yozilish tarixi

tahrir

Yangi roman mavzusini Tolstoyga doʻsti Anatoliy Koni bergan. U Tolstoyga huquqiy yordam so‘rab kelgan odamning hikoyasini aytib beradi. Bu odam yoshligida oʻn olti yoshli goʻzal yetim qizni yoʻldan ozdirgan edi, uni ota-onasi vafot etganida yigitning qarindoshining uyiga olib ketishgan. Unga yordam qilganlar qizning homiladorligini koʻrgandan soʻng, uni haydab yuboradi. Qiz hech yerdan ish topolmay, nochor ahbolda fohishaxonaga kirishga majbur boʻladi. Fohishaxonada mast mehmonlardan birining puli o‘g‘irlagani aniqlanib, qiz qo‘lga olinadi. Ishni koʻrgan hakamlar hay’ati orasida uni qizni yoshligida nomusidan ayirgan yigit ham bor edi. Uning vijdoni uygʻonib, toʻrt oylik qamoq jazosiga hukm qilingan qizga uylanishga qaror qildi. Yigit qizga uylanadi, ammo koʻp oʻtmay qiz tif kasalligidan vafot etadi. Tolstoy Konining hikoyasidan taʼsirlangan, chunki bu qisman uning hayotidagi voqeaga oʻxshab ketar edi[3][4].

1898-yil avgustda koʻp mulohaza yuritib, hamkasblari bilan maslahatlashgandan soʻng, Tolstoy asarni tezda tugatishga, mualliflik huquqidan tushgan pulni patsifist ruhoniy Duxobortsining[3] Rossiyadan Kanadaga koʻchib ketishi uchun sarflashga qarror qiladi. Asar 1899-yil dekabrda yozib tugallanadi.

Kitob Rossiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Amerikada bir vaqtning oʻzida ketma-ket nashr etilishi kerak edi, ammo asarni senzuradan oʻtkazish va qisqartirish kerak edi[5]. U Leonid Pasternak muharrirligidagi rus haftalik „Niva“ jurnalida va Amerikaning "Cosmopolitan" oylik jurnalida "Uygʻonish" nomi bilan nashr etiladi[6]. Asarning toʻliq matni Rossiyada 1936-yilgacha, ingliz tilida esa 1938-yilda chop etilmagan[7]. Ungacha noshirlar Tolstoy mualliflik huquqidan toʻliq voz kechganini hisobga olib, uni turli oʻzgartirish va qisqartirishlar bilan chop etganlar.

Sujeti

tahrir
 
Leonid Pasternak tomonidan romanga ishlangan rasm.

Roman Dmitriy Ivanovich Nexlyudov ismli zodagon haqida boʻlib, u koʻp yillar oldin qilgan gunohini yuvish yoʻlini qidiradi. U yoshligida xolalarining uyida Katyusha (Katerina Mixaylovna Maslova) ismi yosh qizni sevib qoladi. Biroq shaharga borib, ichkilikbozlik va qimor oʻynab axloqi buzilganidan soʻng, ikki yil oʻtib xolasining mulkiga qaytganida, Katyushani yoʻldan ozdiradi va uni homilador qilib qoʻyadi. Keyin Katyusha Nexlyudovning xolasi tomonidan haydab yuboriladi. Katyusha bir necha xonadonlarda xizmatkorlik qilib xorlanadi. Oxir-oqibatda fohishalik yo;liga kirishga majbur boʻladi.

Oʻn yil oʻtgach, Nexlyudov Maslovani jinoyat qilgani uchun sudlayotgan maslahatchilar qatorida boʻladi. Kitobda Nexlyudovning unga amaliy yordam berishga urinishlari haqida hikoya qilinadi, lekin asosiy eʼtibor uning ruhiy va axloqiy kurashiga qaratilgan. U qamoqxonada Maslovaning oldiga boradi, boshqa mahbuslar bilan uchrashadi, ularning hikoyalarini eshitadi va asta-sekin zodagonlar dunyosi shafqatsizlik, adolatsizlik va azob-uqubatlardan iboratligini tushunadi. U hech qanday sababsiz zanjirband qilingan, sababsiz kaltaklangan, sababsiz umrbod zindonlarda ko‘milgan odamlarni va boshqa joy yo‘qligi sababli hojatxonada uxlab yotgan o‘n ikki yoshli bolakayni ko‘radi. Nexlyudov oʻz mulkidan voz kechishga va mulkni dehqonlariga oʻtkazishga qaror qiladi va ularni mulkni tashkil qilishning turli usullari haqida bahslashishga majbur qiladi va u Katyushani surgunga kuzatib, unga uylanishni rejalashtiradi.

Yana qarang

tahrir
  • Baldan soʻng (qisqa hikoya)
  • Hojimurod (qissa)
  • Tirik murda
  • Lev Tolstoy bibliografiyasi
  • Yiqilgan ayol

Manbalar

tahrir