Retsidivism (/rɪˈsɪdɪvɪzəm/; recidive va -ism dan tashkil topgan boʻlib, recidivus lotin tilidan „takororlanuvchi“ degan maʼnoni anglatadi, re- „qayta“ and cado „yiqilaman“) — bu shaxsning salbiy oqibatlarni boshdan kechirganidan keyin oʻzi istamagan holda oʻsha xatti-harakatlarni takrorlashi. Jinoyatni qayta sodir etgan, shuningdek, xuddi shunday jinoyati uchun qayta hibsga olingan sobiq mahkumlarning foizini koʻrsatish uchun ham ushbu tushuncha qoʻllanadi.

Bu atama koʻpincha jinoiy xatti-harakatlar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan birgalikda ishlatiladi. Retsidivism – bu „relapse“ soʻzining sinonimi boʻlib, u tibbiyotda va giyohvandlikning kasallik modelida koʻproq qoʻllaniladi.

Afro-amerikaliklar va retsidivism

tahrir

Qoʻshma Shtatlardagi qamoqqa olish darajasi afro-amerikaliklar Qoʻshma Shtatlar aholisining atigi 13 foizini tashkil qiladi[1]. Oq tanlilarga qaraganda, afro-amerikaliklar zoʻravonlik jinoyatlari uchun 6,4 baravar, mulkiy jinoyatlar uchun 4,4 baravar va giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun 9,4 baravar koʻp qamalgan[2].

Qamoqxonaga qaytgan aholining koʻp qismini afro-amerikaliklar tashkil qiladi, ammo aholi orasida retsidivismni oʻrganishga bir nechta tadqiqotlar qaratilgan. Retsidivismning eng yuqori darajasi 18 yoshgacha boʻlgan erkaklar va afro-amerikaliklar orasida kuzatilgan. Shuningdek, retsidivism boʻyicha afro-amerikaliklar oq tanlilarga qaraganda ancha yuqori koʻrsatkichga ega[3].

Ish bilan taʼminlash va retsidivism

tahrir

Retsidivism boʻyicha koʻpgina tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, qamoqxonadan ozod etilgandan keyin ishga joylashadigan sobiq mahbuslarda jinoyatni qayta sodir etish darajasi pastroq boʻladi[4]. Yana bir tadqiqotga koʻra hatto 26 yoshdan oshgan sobiq mahbuslar uchun ahamiyatsiz bir ish taklif qilingan taqdirda ham, bu sobiq mahbuslar oʻzlarining jamoadoshlariga qaraganda kamroq jinoyat sodir etishlari mumkin[5]. Boshqa bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sobiq mahbuslar muddatidan oldin ozod qilingan birinchi yili davomida barqaror ish joyini topib uni saqlab qolishsa, qayta jinoyat qilish ehtimoli ancha kamayadi[6].

Taʼlim va retsidivism

tahrir

Tadqiqotlar taʼlim retsidivism holatlarini kamaytirishini koʻrsatgan. Mahbuslar qamoqxonada boʻlganlarida ularga taʼlim dasturlari qoʻllanilsa, ularda retsidivism holati taʼlim dasturi qoʻllanilmagan mahbuslarga qaraganda 43%ga kamayadi[7]. Mazkur holatda mahkumlar taʼlim dasturlarida qatnashish bilan birga, kognitiv qobiliyatni, mehnat koʻnikmalarini yaxshilashlari mumkin. Bundan tashqari ular ozodlikka chiqqandan keyin ham oʻz taʼlimlarini davom ettirishlari mumkin. Maryland, Minnesota va Ogayo shtatlari taʼlim va retsidivismga oid tadqiqotda ishtirok etishgan. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ozodlikdan mahrum etilgan jinoyatchilarning ishtirokchi guruhi qamoqxonadalik davrida taʼlim darslarida qatnashganlarida, ularda qayta jinoyat sodir etish darajasi past boʻlgan. Va shu bilan birga ish bilan taʼminlanganlik darajasi yuqori boʻlgan[8]. Bundan tashqari, mahkumlarning taʼlim darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, ularning qayta jinoyat sodir etish ehtimoli shunchalik past boʻlib borgan. Agar mahkum kasbiy guvohnomaga ega boʻlsa ularning takror jinoyat sodir etish darajasi 14,6 foizga kamaygan, agarda ular GEDga erishgan boʻlsa ularning takroriy jinoyati darajasi 25 foizga kamaygan. Yana Sanʼat assotsiatsiyasi yoki fan boʻyicha assotsiatsiyaga erishgan boʻlsa, ularning takror jinoyat sodir etish darajasi 70%ga kamaygan[9].

Tadqiqotlar

tahrir

Retsidivismni oldini olish boʻyicha yuzlab tadqiqotlar oʻtkazilgan. Ushbu tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, faqat nazorat va jazo choralariga tayanish haqiqatdan ham kimningdir jinoyat sodir etish ehtimolini oshirishi mumkin, lekin kamaytira olmaydi[10].

Manbalar

tahrir
  1. Tripoli, Stephen J.; Kim, Johnny S.; Bender, Kimberly (2010). "Is employment associated with reduced recidivism?: The complex relationship between employment and crime". International Journal of Offender Therapy and Comparative Criminology 54 (5): 706–20. doi:10.1177/0306624X09342980. PMID 19638472. 
  2. Hartney, Christopher; Vuong, Linh (March 2009). Created Equal: Racial and Ethnic Disparities in the US Criminal Justice System (Report). OCLC 419266058. https://search.issuelab.org/resource/created-equal-racial-and-ethnic-disparities-in-the-us-criminal-justice-system.html. 
  3. Reisig, Michael D.; Bales, William D.; Hay, Carter; Wang, Xia (September 2007). "The Effect of Racial Inequality on Black Male Recidivism". Justice Quarterly 24 (3): 408–34. doi:10.1080/07418820701485387. 
  4. Tripoli, Stephen J.; Kim, Johnny S.; Bender, Kimberly (2010). "Is employment associated with reduced recidivism?: The complex relationship between employment and crime". International Journal of Offender Therapy and Comparative Criminology 54 (5): 706–20. doi:10.1177/0306624X09342980. PMID 19638472. 
  5. Uggen, Christopher (August 2000). "Work As A Turning Point In The Life Course of Criminals: A Duration Model Of Age, Employment, And Recidivism". American Sociological Review 65 (4): 529–546. doi:10.2307/2657381. 
  6. Makarios, M.; B. Steiner and L.F. Travis III (2010). "Examining the Predictors of Recidivism among Men and Women Released from Prison in Ohio". Criminal Justice and Behavior 37 (12): 1377–1391. doi:10.1177/0093854810382876. 
  7. Department of Justice, „Justice and Education Departments Announce New Research Showing Prison Education Reduces Recidivism, Saves Money, Improves Employment“ (Wayback Machine saytida 1 February 2018 sanasida arxivlangan), „Department of Justice Office of Public Affairs“, 22 August 2013
  8. Steurer, Stephen J. and Linda G. Smith, „Education Reduces Crime, Three-State Recidivism Study“, „MTC Institute and The Correctional Education Institute“, February 2003
  9. Nevada Department of Corrections, „Education Services Newsletter“ (Wayback Machine saytida 1 December 2017 sanasida arxivlangan), „NDOC“, Winter 2009
  10. Lipsey, Mark W.; Cullen, Francis T. (December 2007). "The Effectiveness of Correctional Rehabilitation: A Review of Systematic Reviews". Annual Review of Law and Social Science 3 (1): 297–320. doi:10.1146/annurev.lawsocsci.3.081806.112833.