Rezina oʻrdak metodi
Dasturiy taʼminot muhandisligida, rezina oʻrdak metodi (ingl. rubberducking) – bu ogʻzaki yoki yozma tilda muammoni qayta ifodalash orqali koddagi muammoni tuzatish usuli. Ushbu atama „Pragmatik dasturchi“ kitobidagi hikoyadan olingan boʻlib, unda dasturchi rezina oʻrdakni olib, undan koddagi har bir satrni izohlab berishni soʻraydi[1] [2].
Yondashuv
tahrirKoʻpgina dasturchilar muammoni boshqalarga, ehtimol, hatto dasturlash haqida tajribasi yoʻq shaxslarga tushuntirishgan va keyin muammoni tushuntirish jarayonida yechimiga duch kelishgan. Kodning nima qilishi kerakligini tasvirlab, uning aslida nima qilayotganini kuzatishda, bu ikkalasi oʻrtasidagi har qanday xatoliklar koʻrinadi[3][4]. Ushbu jarayonda jonsiz oʻyinchoqdan foydalangan holda dasturchi boshqa hech kimni aralashtirmasdan va tinglovchilarsiz, oʻz-oʻziga gapirib berish orqali yaxshiroq natijalarga erishganlar[5][6]. Ushbu yondashuv kompyuter fanlari va dasturiy taʼminot muhandisligi kurslarida oʻqitiladi[7][5].
Zamonaviy olamda
tahrir2018-yil 1-aprel kuni Stack Exchange oʻz veb-saytida Quack Overflow nomli yangi „xususyatlar“ sifatida Kulgi kunida hazil sifatida rezina oʻrdak avatarini namoyish etdi. Brauzer sahifasining oʻng-pastki burchagida paydo boʻlib, tashrif buyuruvchilarga dasturlash muammolarini tinglab, ularga yechimlar bilan javob berish orqali yordam berishga harakat qildi. Biroq, oʻrdakcha shunchaki bir necha marta yozishdan keyin „quack, quack, quack“ tovushini chiqardi[8].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Hunt, Andrew. The Pragmatic Programmer: From Journeyman to Master. Addison Wesley, 1999. ISBN 978-0201616224. p. 95, footnote.
- ↑ Debugging. „Rubber Duck Debugging“. rubberduckdebugging.com. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
- ↑ Baker, SJ, The Contribution of the Cardboard Cutout Dog to Software Reliability and Maintainability.
- ↑ Hayes. „The Psychology Underlying the Power of Rubber Duck Debugging“. Press Up via Internet Archive (2014-yil 25-iyun). 2014-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Malan. „Rubber Duck Debugging in CS50 IDE“. noticeable.news (2020).
- ↑ Attwood. „Rubber Duck Problem Solving“. codinghorror.com (2012).
- ↑ Attwood, Jeff „Rubber Duck Problem Solving“. codinghorror.com (2012).
- ↑ „Stack Exchange has been taken over by a rubber duck!“. Meta Stack Exchange (2018-yil 31-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.