Rigina Nodir qizi Adashbayeva (29-oktyabr, 2001-yil; Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston Respublikasining professional ogʻir atletikachisi. Bir necha marta chempion boʻlgan. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari va Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi[1].

Rigina Adashbayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 29-oktyabr 2001-yil (2001-10-29) (22 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport ogʻir atletika

Karyera

tahrir

2020-yildan Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. Murabbiyi – Nurillo Togʻayev[1].

Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida bronza medalini sohibi. Belarusda oʻtgan II MDH oʻyinlarida kumush medal bilan taqdirlangan[1].

2022-yil 15-dekabrda Kolumbiyada ogʻir atletika boʻyicha xalqaro chempionat boʻlib oʻtdi. U yerda Regina Adashbayeva dast koʻtarish mashqida 112 kg bilan, ikkinchi oʻrinni egalladi va ushbu chempionatda birinchi medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, siltab koʻtarish mashqida 129 kg bilan sakkizinchi pogʻonadan joy olgan[2].

2023-yil may oyida Janubiy Koreyada ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtgan. Jinju shahrida mezbonlik qilayotgan kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining ayollar oʻrtasidagi −87 kg vazngacha oʻtkazilgan musobaqada Rigina Adashbayeva kumush va bronza medallariga ega boʻldi. Dast koʻtarishda 103 kg bilan kumush medalni olgan, siltab koʻtarishda 127 kg natijasi evaziga ikkikurashda 230 kg bilan bronza medalini sohibiga aylangan[3].

2023-yil 12-dekabrda Regina Adashbayeva Qatarning Doʻha shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro Gran-Pri musobaqasida ayollar oʻrtasida −81 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan. „A“ guruhida kurash olib borgan hamyurtimiz Nigina Adashbayeva dast koʻtarishda 106 kg natija bilan 7-oʻrinni, siltab koʻtarishda 125 kg natija bilan 12-oʻrinni, ikki kurash yakuniga koʻra esa 231 kg natija bilan 9-oʻrinni egallagan[4].

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari paytida Rigina Adashbayeva bolgʻa tashlashda qatnashgan edi, ammo keyinchalik u ogʻir atletika bilan shugʻullanishga qaror qildi. Aynan Adashbayeva −81 kg vazn toifasida ikki kurash yakuniga koʻra 243 kg koʻtargan va bu natija Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olish uchun yetarli edi[1][5].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

tahrir

Rigina Adashbayeva 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dast koʻtarishda 105 kgni, siltab ko'tarishda 131 kg natijani qayd etdi va umumiy 236 kg bilan sakkizinchi o'rinni egalladi.

Manbalar

tahrir