Riley Barber
Riley Barber (talaffuzi: Rayli Barber) (1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Riley Barber hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda[1].
Riley Barber | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
7-fevral 1994-yil Pittsburgh, Pennsylvania, U. S. | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | ||
Ogʻirligi | 193 lb (88 kg; 13 st 11 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
NHL (P) Cur. team Sobiq jamoalar |
Dallas Stars Texas Stars (AHL) Washington Capitals Montreal Canadiens Detroit Red Wings | ||
Milliy jamoa | AQSh | ||
NHLga kirish drafti |
167-oʻrindagi tanlov, 2012 Washington Capitals | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2015—hozirgacha |
Oʻyin faoliyati
tahrirRiley Barber yoshligida 2006 va 2007-yillarda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Pittsburgh Hornets“, keyin esa „Detroit Red Wings“ kichik xokkey jamoalari bilan oʻynagan[2].
Riley Barber Oxford (Ohio) shtatidagi Miami universitetining „Miami RedHawks“ xokkey jamoasida kollej xokkeyi oʻynagan. 2013-yil 22-dekabrda Riley Barber 2014-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionati uchun tuzilgan Qo‘shma Shtatlar o‘smirlar milliy xokkey terma jamoasi sardori etib tayinlangan[3]. Riley Barber 2013-yilgi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan Qoʻshma Shtatlar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
2015-yil 17-aprelda Riley Barber „Washington Capitals“ xokey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Riley Barber klubning AHLdagi filiali „Hershey Bears“ xokkey klubi safiga yuborildi[4]. Riley Barber ilk professional oʻyinini 2015-yil 10-oktyabrda „Springfield Falcons“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:1 hisobida g‘alaba) oʻtkazdi[5].
2017-yil 24-fevralda Riley Barber NHLdagi ilk oʻyinini „Washington Capitals“ xokkey klubi safida „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[6].
2019-yil 1-iyulda Barber „Montreal Canadiens“ xokkey jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi va klub bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi[7]. „Montreal Canadiens“ klubi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Riley Barber 2019-yil 24-sentyabrda klubni tark etdi. Riley Barber 2019—2020-yilgi mavsumda „Laval Rocket“ xokkey klubi safida oʻtkazdi[8].
2020-yil 9-oktyabrda Barber „Detroit Red Wings“ xokey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[9]. 2021-yil 12-yanvarda „Detroit Red Wings“ xokkey klubi Riley Barberni „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga yubordi[10].
2022-yil 14-iyulda Riley Barber erkin agent sifatida „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[11].
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2010—2011 | Dubuque Fighting Saints | USHL | 57 | 14 | 14 | 28 | 48 | 11 | 2 | 0 | 2 | 6 | ||
2011—2012 | U. S. National Development Team | USHL | 24 | 5 | 6 | 11 | 59 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Miami RedHawks | CCHA | 40 | 15 | 24 | 39 | 22 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Miami RedHawks | NCHC | 38 | 19 | 25 | 44 | 28 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Miami RedHawks | NCHC | 38 | 20 | 20 | 40 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Hershey Bears | AHL | 74 | 26 | 29 | 55 | 34 | 17 | 1 | 3 | 4 | 24 | ||
2016—2017 | Hershey Bears | AHL | 39 | 13 | 14 | 27 | 12 | 12 | 1 | 4 | 5 | 4 | ||
2016—2017 | Washington Capitals | NHL | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Hershey Bears | AHL | 60 | 20 | 18 | 38 | 49 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Hershey Bears | AHL | 64 | 31 | 29 | 60 | 84 | 9 | 3 | 3 | 6 | 4 | ||
2019—2020 | Laval Rocket | AHL | 39 | 13 | 18 | 31 | 19 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Montreal Canadiens | NHL | 9 | 0 | 0 | 0 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Wilkes-Barre/Scranton Penguins | AHL | 7 | 3 | 3 | 6 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Grand Rapids Griffins | AHL | 32 | 20 | 14 | 34 | 22 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Grand Rapids Griffins | AHL | 49 | 28 | 25 | 53 | 24 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Detroit Red Wings | NHL | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 16 | 0 | 0 | 0 | 4 | — | — | — | — | — |
Xalqaro
tahrirYil | Jamoa | Tadbir | Natija | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2012-yil | Qoʻshma Shtatlar | U18 | 7 | 6 | 1 | 2 | 3 | 2 | |
2013-yil | Qoʻshma Shtatlar | WJC | 7 | 3 | 3 | 6 | 4 | ||
2014-yil | Qoʻshma Shtatlar | WJC | 5 | 5 | 4 | 2 | 6 | 0 | |
2022-yil | Qoʻshma Shtatlar | WC | 4 | 9 | 1 | 0 | 1 | 2 | |
Oʻsmirlar safida | 18 | 8 | 7 | 15 | 6 | ||||
Kattalar safida | 9 | 1 | 0 | 1 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ Janes, Chelsea. „Washington Capitals prospect Riley Barber builds on hockey and skating pedigree“. The Washington Post (2013-yil 13-iyul). Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
- ↑ „Miami's Barber named U.S. World Junior Captain“. USCHO.com (2013-yil 22-dekabr). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-dekabr.
- ↑ „Barber Signs Entry-Level Deal with Capitals“. Miami RedHawks. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
- ↑ Stuccio, Scott. „Hershey Bears get two goals from rookie Riley Barber in season opening win over Springfield“. The Patriot-News (2015-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
- ↑ Vogel. „Caps Edge Edmonton, 2-1“. NHL.com (2017-yil 25-fevral). Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „One-year, two-way contract for Right Winger Riley Barber“. Montreal Canadiens (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
- ↑ Zadarnowski. „Riley Barber placed on waivers by Montreal Canadiens“ (en). Eyes On The Prize (2019-yil 24-sentyabr). 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-sentyabr.
- ↑ Kujawa. „Red Wings add Riley Barber, Kyle Criscuolo and Kevin Boyle“. Detroit Red Wings (2020-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Detroit Assigns 11 to Grand Rapids“. griffinshockey.com (2021-yil 12-yanvar). 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
- ↑ „Stars sign forward Riley Barber to one-year contract“. Dallas Stars (2022-yil 14-iyul). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.