Rim imperiyasi davrida turli kasalliklar hayotning dahshatli bir qismi edi. Rim imperiyasining chegarasi kengayib, aholi oʻsib borayotgan bir paytda shaharlarda koʻplab kasalliklar avj olgan. Ushbu kasalliklar rivojlanishining turli sabablari juda zich va tez rivojlanayotgan jamiyatning turmush tarzi bilan bogʼliq edi. Rim imperiyasida oqava suv tizimlari, ommaviy hammomlar va fuqarolarning ovqatlanish tarmogʻi kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻlgan.

Milodiy 350 yilda Rim imperiyasining xaritasi

Shu bilan birga atrof-muhit muammolari ham asosiy sababchilardan biri edi. Masalan, oʻrmonlardagi daraxtlarni koʻplab kesilishi natijasida suv sathi koʻtarilgan va hosil boʻlgan botqoqliklarda zanjir reaksiyalari tezlashgan bu esa kasalliklarning yanada tezroq tarqalishiga olib kelgan.

Kasalliklar bir biridan simptomlari bilan farq qilgan va hamma odamda har xil kechgan, baʼzilari halokat bilan tugagan. Bu davrdagi eng ommalashgan kasalliklardan biri Antonin ofati (165—180-yillar) edi. Rim imperiyasida yashovchi odamlar koʻpincha oʻz jamiyatida tarqalgan kasalliklarning kelib chiqish sabablari va davosini topish uchun juda kam vaqt ajratishgan. Faqatgina bir necha taniqli shifokorlargina bu ish bilan shugʼullanishgan va davolash choralarini topishgan biroq bu usullar u qadar samarali boʻlmagan.

Sabablari

tahrir

Gigiyena

tahrir

Rim imperiyasining kanalizatsiya va suv quvurlari tizimlari

tahrir

Rim imperiyasi koʻpgina shaharlar ostida joylashgan murakkab kanalizatsiya tizimlari uchun qulay joy hisoblangan. Rim muhandislari tomonidan 312 yilda oʻylab topoilgan akvedukt tizimi qoʻllanib, Alban tepaliklaridan shaharga suv olib kelingan[1]. Rimda oldingi davrlardan beri kanalizatsiya tizimlarining qadimgi shakllari mavjud boʻlsa-da, bu asosan yaqindagi daryo va oqovalarga olib boradigan qadimgi tizimlar edi. Muammoli boʻlgan yana bir suv manbai Tiber daryosi boʻlgan, Rimliklar shu daryo suvidan i

ichgan va ng koʻplab kasalliklarga chalinghiga olib kelgan[2]. Muhandislik rivojlangani sayin, kanalizatsiyalarning murakkabligi ham oʻsdi. Masalan, Cloaca Maxima Rim ostida ishlaydigan birinchi murakkab va keng koʻlamli kanalizatsiya tizimlaridan biri edi[3]. Kanalizatsiya tizimlari juda murakkab qurilgan va koʻp hollarda rimliklarga isteʼmol uchun zarur boʻlgan miqdorda toza suvni yetkazib bera olgan.

Chiqindilar natijasida ifloslanishi

tahrir

Rim shahridagi yana bir katta muammo koʻchalardagi chiqindilar uyumi edi. Hattoki, oʻsha davr shoir va yozuvchilari Rim xonadonlaridagi muammoli vaziyat haqida hazilomuz asarlar yaratishgan[4]. Rimning koʻchalarida va uylarida sanitariya sharoitlari yetishmasligi kasallikklarning keng tarqalashi va ularni yanada kuchayishiga sabab boʻldi. Aholi soni ortishi bilan Chiqindilar ham tobora koʼpayardi bu esa kontaminatsiya xavfi yanada ortishiga sabab boʻlgan. Rimliklar bu muammo ularni qiyin ahvolga solishini tushunishdi va koʻchalardagi chiqindi uyumlarini cheklash uchun bir qator qonunlar va boshqa choralar koʻrishdi. Ushbu choralarning aksariyati piyodalarning oʻzlaridan tushadigan mayda chiqindilarni oldini olishga qaratilgan va bu chora tadbirlar shahar va uning yaqinidagi chiqindilarni bartaraf etib, jamoat salomatligini yaxshilash uchun sezilarli taʼsir koʻrsatgan deya olamiz[5]. Rimliklar shahar boʻylab tashiydigan maxsus chiqindi vagonlari tashkil etishganlari va boshqa xususiy transport vositalari istagan vaqtida chiqindilarni toʼplab olib ketishiga ruxsat berishganligi haqida koʼpgina dalillar mavjud. Biroq, ushbu strategiya bu muammoni toʻliq hal qilmadi, chunki chiqindilarning aksariyati shahar chegarasidan tashqariga olib chiqilgan, bu esa kontaminatsiya va hid xavfi hali ham toʻla yoʼqolmaganidan darak edi.

Manbalar

tahrir
  1. „Roman Aqueducts“ (en). National Geographic Society (2018-yil 6-iyul). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  2. Gigante, Linda. „Death and Disease in Ancient Rome.“ Innominate Society.
  3. „Roman Sewers Facts & Information | Year 7 Study Worksheet“ (en-US). School History (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  4. Havlíček, Filip; Morcinek, Miroslav (2016). "Waste and Pollution in the Ancient Roman Empire". Journal of Landscape Ecology 9 (3): 33–49. doi:10.1515/jlecol-2016-0013. 
  5. „Lead Poisoning and Rome“. penelope.uchicago.edu. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.