Rio do Sul
Rio do Sul - Braziliyaning Santa Catarina shtatida joylashgan kommuna.
Shaharning muhim joylaridan biri bu suvga bilan poklantiruvchi Yahyo sobori hisoblanadi. Boshqa muhim binolarga — Ponte dos Arcos, sobiq temir yoʻl stansiyasi va nemis uslubida qurilgan binolar kiradi. Shuningdek, shahardan Itajay-Açu daryosi (Itaxai-du-Sul va Itajay-du-Oeste qoʻshilishi) ham oqib oʻtadi[1][2][3][4].
Tarixi
tahrirShaharga 1930-yil 10-oktabrdagi 1708-sonli qonun bilan Rio-do-Sul munitsipalitet maqomi berilgan. Rio do Sul hududi Blumenaudan ajrab chiqqan.
Iqlimi
tahrirViloyat moʻtadil, nam iqlimga ega deb tasniflanadi. Yillik oʻrtacha harorat 18 °C daraja (yozda maksimal 34 °C va qishda minimal −2 °C). 2013-yilning qishida munitsipalitetda qor yoqqanligi qayd etilgan, bu juda kam uchraydigan holatdir.
Suv toshqinlari
tahrirRio-du-Sulda toshqinlar tez-tez sodir boʻladigan tabiat hodisasidir, shaharda uchta daryo — Itajai-Açu, Itajai-du-Norte va Itajay-du-Oestening borligi mazkur toshqinlarni keltirib chiqaradi. Eng halokatli toshqinlar 1983 va 1984-yillarda qayd etilgan; 2011-yil sentyabr oyida suv sathi 13 m dan oshganligi qayd etilgan. Bu shu kungacha boʻlgan eng yuqori koʻrsatkich edi.
Taʼlim tizimi
tahrirRio-do-Sul shahri bolalar taʼlimiga alohida eʼtibor qaratadi, bolalar va oʻsmirlarning asosiy qismi maʼmuriy va jamoat maktablarida taʼlim oladilar. Ammo kam sonli xususiy maktablar ham maktab yoshidagi aholi talablariga toʻlaqonli javob beradi. Asosiy boshlangʻich va oʻrta maktablarga Colégio Dom Bosco (Wayback Machine saytida 2018-08-03 sanasida arxivlangan), Colégio Sinodal Ruy Barbosa, Instituto Maria Auxiliadora, COC va UNIDAVI kabilar misol boʻla oladi. Xalq taʼlimida ikkita asosiy davlat kolleji mavjud, bular: Henrique da Silva Fontes va Paulo Zimmermann.
Toʻgʻridan-toʻgʻri mehnat bozoriga yoʻnaltirilgan SENAI va SENAC[sayt ishlamaydi] kabi oʻquv markazlari ham mavjud boʻlib, ular oʻrta maktab oʻquvchilari uchun professional taʼlim kurslarni taklif qiladi.
Mintaqada faoliyat yuritadigan universitetlar quyidagilar: 1966-yilda Rio-do-Sulda tashkil etilgan UNIDAVI va FAMESUL Uniasselvi va shahardagi yagona davlat universiteti IFC — Santa Catarina Federal instituti.
Manbalar
tahrir- ↑ „Divisão Territorial do Brasil“ (portugalcha). Divisão Territorial do Brasil e Limites Territoriais, Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística (IBGE) (1-iyul 2008-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
- ↑ „Estimativas da população para 1º de julho de 2009“ (portugalcha) (PDF). Estimativas de População, Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística (IBGE) (14-avgust 2009-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
- ↑ „Ranking decrescente do IDH-M dos municípios do Brasil“ (portugalcha). Atlas do Desenvolvimento Humano, Programa das Nações Unidas para o Desenvolvimento (PNUD) (2000). 2009-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
- ↑ „Produto Interno Bruto dos Municípios 2002-2005“ (portugalcha). Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística (IBGE) (19-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.