Riza Kayaalp
Riza Kayaalp (turkcha: Rıza Kayaalp; tugʻ. 1989-yil 10-oktyabr, Yozgat, Turkiya) — turkiyalik yunon-rum kurashchi, 120 kg gacha va 130 kg gacha vazn toifasida, Turkiya terma jamoasi aʼzosi. Uch karra Olimpiada oʻyinlari sovrindori (2012, 2016, 2020), toʻrt karra Jahon chempioni (2011, 2015, 2017, 2019) va oʻn bir karra Yevropa chempioni (2010, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2021, 2022).
Riza Kayaalp | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | turkcha: Rıza Kayaalp |
Fuqaroligi | Turkiya |
Tavallud sanasi |
10-oktyabr 1989-yil Yozgat, Turkiya |
Vazni |
120 kg gacha 130 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
Faoliyati
tahrir1989-yil 10-oktyabrda Riza Kayaalp Yozgatda tugʻilgan. 2008-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempioni boʻldi. 2009-yilda yana o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi, Universiadaning oltin medali, kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida esa bronza medali sohibi bo‘ldi. 2010-yilda Riza Kayaalp Yevropa chempioni boʻldi, Jahon kubogining kumush medalini qoʻlga kiritdi, ammo yana Jahon chempionatida bronza medali sohibi boʻldi. 2011-yilda u nihoyat kattalar oʻrtasida Jahon chempioni unvonini oldi, shuningdek, Jahon kubogini qoʻlga kiritdi, ammo shu bilan birga u Yevropa chempionatida ikkinchi boʻldi. 2012-yilda Riza Kayaalp yana Yevropa chempioni unvonini qoʻlga kiritdi va Olimpiada oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi[1].
2019-yilda Nur-Sultonda (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlari oldidan Jahon chempionatida 130 kilogrammgacha vazn toifasida Riza oltin medalni qo‘lga kiritib, chempion bo‘ldi va milliy olimpiya qo‘mitasiga Olimpiya litsenziyasini oldi[2].
2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 130 kilogramm gacha vazn toifasida yunon-rum kurash boʻyicha bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda eronlik Amin Mirzazadehni magʻlub etdi[3].
Medal natijalari
tahrirYozgi Olimpiada oʻyinlari
tahrirOlimpiada | Intizom | Oʻrin |
---|---|---|
London 2012-yil | Yunon-rum kurashi, 120 kg gacha, erkaklar | Bronza |
Rio-de-Janeyro 2016-yil | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Kumush |
Tokio 2020-yil | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Bronza |
Yevropa chempionati
tahrirKurash boʻyicha Yevropa chempionati | Intizom | Oʻrin |
---|---|---|
2010-yilda Boku | Yunon-rum kurashi, 120 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2011-yilda Dortmund | Yunon-rum kurashi, 120 kg gacha, erkaklar | Kumush |
2012-yilda Belgrad | Yunon-rum kurashi, 120 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2013-yilda Tbilisi | Yunon-rum kurashi, 120 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2014-yilda Vantaa | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2016-yilda Riga | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2017-yilda Novi-sad | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2018-yilda Kaspiysk | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2019-yilda Buxarest | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2021-yilda Varshava | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |
2022-yilda Budapesht | Yunon-rum kurashi, 130 kg gacha, erkaklar | Oltin |