Rizo Fozil Emirovich (1928-yil 30-may, Qrim ASSR, RSFSR, Qorasubozor tumani, Barin qishlogʻi — 2016-yil 26-noyabr, Qrim Respublikasi, Simferopol) — Qrim tatar yozuvchisi va jurnalisti. Rizo 2008—2016-yillarda Qrim-tatar yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlgan. 1973-yilda esa u Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2010-yilda Qrim avtonom respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan.

Rizo Fozil Emirovich
Tavalludi 30-may 1928-yil
Qrim ASSR, RSFSR, Qorasubozor tumani, Barin qishlogʻi
Vafoti 26-noyabr 2016-yil(2016-11-26)
(88 yoshda)
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Ukraina Rossiya
Kasbi yozuvchisi, jurnalist
Faoliyat yillari 1964-2016
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1973), Qrim avtonom respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2010)

Tarjimai hol

tahrir

Rizo Fozil 1928-yil 30-mayda Qrim avtonom respublikasining Qorasubozor tumani, Barin qishlogʻida dunyoga keladi.1944-yilda Qrimdan surgun qilingan qrim tatarlarining bir qismi bilan birgalikda Kostroma viloyatining Makarevskiy tumaniga koʻchiriladi. 1955-yilda Kostroma  savdo bilim yurtini tamomlagan. 1959-yilda Samarqand savdosi institutining iqtisod fakultetiga oʻqishga kiradi. Oliy oʻquv yurtini tamomlagach, bir muddat Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida univermagda auditor va bosh hisobchi boʻlib ishlagan.[1]

1965—1980-yillarda Toshkent qrim-tatar “Lenin bayrogʻi” gazetasida adabiy xodim, tarjimon, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan va Qrimga qaytgan. 1980—1994-yillarda “Yildiz” (Yulduz) jurnali nashriyotida she’riyat boʻlimini boshqargan, mas’ul kotib boʻlgan.

2008-yilda Qrim-tatar yozuvchilar uyushmasini boshqargan[2]. Qrim-tatar adabiyotini ommalashtirish bilan shugʻullangan.

U 2016-yil 26-noyabr Siferopolda Kamenka mikrotumanidagi musulmonlar qabristoniga dafn etilgan.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Rizo Fozil oʻzining ilk she’rlarini 1964-yilda “Lenin bayrogʻi” gazetasida chop etgan[1]. 1970-yilda uning “Navroʻz” she’riy toʻplami nomi bilan nashr etilgan. Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish bilan shugʻullangan, 1971-yilda qrim-tatar tilida “Qayda birlik – anda tirilik” (“Birlik bor joyda kuch bor”) matallar toʻplamini nashr ettirgan. 1976-yilda frontchi ayollar haqidagi “Analar yosh ekan” (“Onalar yoshlik chogʻida”) ocherklar toʻplamini nashr ettirdi. Qrim-tatar adabiyoti boʻyicha “Tuvgan edebiyat” (“Mahalliy adabiyot”) darsligi, Ashiq Umerning “Sailama Yeserler” nomli ikki jildlik “Saylanma asarlar” toʻplamini tayyorlagan. Safter Nagayev bilan birgalikda “Qrimtatar edebiyat tarixina bir nazar” (“Qrim-tatar adabiyoti tarixiga nazar”) kitobini nashr ettirdi.

Qrimda imom Abdulvoit Saxtara bilan birga “Buyurynyz duaga!” va Qur’on qrim-tatar tiliga tarjimasini qildi.[3]

Unvon va mukofotlar

tahrir
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1973-yilda)
  • Qrim avtonom respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2010-yilda)
  • Qrim-tatar tilida eng yaxshi asar uchun Ashraf Shomizoda nomli mukofot (2009-yilda)
  • Shoir Mustafo Javhariy asarlarini nashr etgani uchun — Qrim avtonom respublikasining adabiyot sohasidagi mukofoti (2011-yilda)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Риза Фазыл // Писатели Советского Узбекистана. Библиографический справочник, Ташкент, 1977
  2. Помер письменник, який пережив депортацію
  3. Фазыл Риза Эмирович Vechnosnami.ru

Adabiyotlar

tahrir
    • Къырымтатар эдиплери. Симферополь. Таврия. 2000 г.
    • Писатели Советского Узбекистана. Библиографический справочник, Ташкент, 1977