Roʻzimatov Vahob (1921.17.11, Toshkent) — jurnalist va tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1976). Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955—60), "Sharq yudduzi" jur.da adabiy xodim, boʻlim mudiri (1945—55), bosh muharrir oʻrinbosari (1960—71), "Guliston" jur.da masʼul kotib, bosh muharrir oʻrinbosari (1971— 81), "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gaz.da boʻlim mudiri (1881—82). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida tarjimonlik bilan boshlangan. M. Sholoxov, K. Simonov, romanlari, A.KonanDoyl, J. Svift, L.N.Tolstoy, A.N. Ostrovskiy, N.Hikmat pyesalari, shuningdek, A.S. Pushkin, A.P.Chexov, F.M.Dostoyevskiy, Maksim Gorkiy, B.Polevoy, O.Gonchar, G. Sevuns, O’Genri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va boshqa yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. R.ning "Katta oila" (hamkorlikda, 1942), "Uch oʻrtoq" (hamkorlikda, 1943), pyesalari bor. R. Gʻafur Gʻulomning 10 jildli "Asarlar" toʻplamini (1970—78) nashrgatayyorlagan. "Elyurtxurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Manbalar tahrir

  • Qandolatchilar, T., 1965.