Robin Sharma (talaffuzi: Robin Sharma) (haqiqiy ismi Robin Sharma; 16-iyun 1964-yil), ingliz yozuvchisi, motivator va shaxsiy rivojlanish boʻyicha mutaxassis.

Robin Sharma
Tavalludi 16-iyun 1964-yil
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi Kanada[2] va Mavritsiya
Veb-sayti
robinsharma.com

Faoliyati tahrir

Robin Sharma huquqshunos boʻlishni xohlagan (keyinchalik boʻlgan ham), vaqt oʻtib yurist doktori darajasini oldi (bu taxminan Rossiya taʼlim tizimidagi mutaxassisga teng). Ammo yuridik amaliyot bergan moddiy boyliklarga qaramay, u qalbida „boʻshliq“ borligini asta-sekin anglab yetadi. Oxir-oqibat u advokatlikni tark etadi va birinchi kitobini nashrdan chiqaradi.

Muvaffaqiyat va maksimal samaraga erishish uchun u Gʻarb texnologiyalarini tana hamda ruhiyatni yaxshilash uchun Sharq donoligi bilan birlashtiradi, hayot sifatini yaxshilashda boshqa odamlarga yordam berishni ham boshlaydi.

U sportchi ham boʻlib, triatlon va taekvondo bilan shugʻullanadi. Changʻida uchishni yaxshi koʻradi.

"Changʻi sporti hayotning ajoyib darsligidir. Hayotda boʻlgani kabi, biz oson yoʻllarda emas, balki qiyin yoʻllarda koʻproq oʻrganamiz", deydi Robin Sharma.

Hozirda u yozishdan tashqari butun dunyo boʻylab seminarlar va maʼruzalar olib boradi. Uning mijozlari orasida koʻplab tadbirkorlar va turli darajadagi rahbarlar bor[3]. Bundan tashqari, Robin Sharma CBC va CBS radio va televideniye dasturlarida doimiy ishtirok etib boradi, USA Today, National Post va The Globe and Mail kabi bosma nashrlarda koʻzga tashlanib turadi.

U „Robin Sharma bolalar jamgʻarmasi“ xayriya tashkilotini yaratishda faol ishtirok etadi hamda u oʻz oldiga kam taʼminlangan oilalar farzandlariga oʻz xohish-istaklariga erishishga yordam berishni maqsad qilib qoʻygan.

Ijodi tahrir

Uning eng mashhur kitobi „Ferrarisini sotgan rohib“ masal sifatida yozilgan va koʻplab mamlakatlarda nashr etilgan. Kitob shaxsiy rivojlanish liderlik(yetakchilik), muvaffaqiyat va haqiqiy baxt haqida. Asar Julian Mentel ismli huquqshunosning muvaffaqiyati bilan boshlanib uning butun mol — mulki va hattoki oʻzi yoqtirgan ferarisini ham sotib hayotidan maʼno izlab Himolay togʻlariga ketib oʻzligini topishi, farovonlikka erishishi va haqiqiy baxtni topishi bilan tugaydi. Kitob davomida yuqorida sanab oʻtilgan narsalarga qanday erishish mumkinligi haqida gap ketadi.

1999-yilda Harper Collins Publishers guruhi tomonidan nashr etilgan boʻlib, u 50 dan ortiq mamlakatlarda sotilgan va 70 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. 2013-yilgacha uch milliondan ortiq nusxada sotilgan[4]

Ferrarisini sotgan rohib turkum kitoblari AQShda milliy bestseller boʻlib, Kanadada 200 000 dan ortiq nusxada sotilgan.

Robin Sharmaning boshqa asarlari:

  • „Oʻlsang kim yigʻlaydi?“
  • „Ferrarisini sotgan rohibdan yetakchilik saboqlari“
  • „Ferrarisini sotgan rohibdan oilaviy donolik saboqlari“
  • „Har bir kun uchun ilhom“
  • „Super hayot“
  • „Unvonsiz lider“

Iqtiboslar tahrir

  • „Olomonni kuzatib borishga shoshilmang — bu dafn marosimiga aylanishi mumkin.“
  • „Aql ajoyib xizmatkor, ammo dahshatli xoʻjayin.“
  • „Kim jismoniy mashqlarga vaqt ajratmasa, uni kasalliklarini davolashga sarflashi muqarrar“.
  • „Agar siz orzuyingizga erishmasangiz, unda siz unga toʻsqinlik qilyapsiz.“
  • „Qayerga ketayotganingizni aniq bilsangiz, u yerga borish yoʻlini topish osonroq boʻladi.“
  • „Oʻzingiz xohlagan odam boʻlish uchun hech qachon kech emas.“
  • „Vaqtingiz siz uchun qanchalik muhimligini chuqur anglab yeting. Boshqa odamlar bu eng qimmatli kapitalni sizdan tortib olishlariga yoʻl qoʻymang va uni faqat bunga arziydigan faoliyatga sarflang“.
  • „Odamlar oʻzlarini yaxshi his qiladiganlar bilan bajonidil ish olib boradilar. Odamlar hissiy mavjudotlardir. Bizga baxt hissini berganlar bilan birga boʻlishni istaymiz“.
  • „Kitoblar sizga hech qanday yangi narsani oʻrgatmaydi. Kitoblar sizning ichingizda nima borligini koʻrishga yordam beradi. Bu maʼrifatdir“.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir