Ji Yue 01
Ji Yue 01 (Robo-01) — Xitoyning „Google“ deya taʼriflanadigan[1] Baidu qidiriv tizimi hamda Geely avtomobil kompaniyalariga qarashli boʻlgan „Jidu Auto“ kompaniyasi[2] tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil[3][4][5].
Ji Yue 01 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Boshqa nomlari | Robo-01 |
Kuch moslamalari | |
Quvvati | 544 ot. k. |
Tezlanishi | 3.9 s. |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 3000 |
Uzunligi | 4853 |
Kengligi | 1990 |
Balandligi | 1611 |
Yukxonahajmi |
555 l. 1528 l. (3-qator yig'ilganda) |
Eksteryer | |
Eshiklar soni | 5 |
Tarixi
tahrirAvtomobil Google korporatsiyasining mahalliy analogi boʻlmish Xitoyning IT giganti Baidu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Baidu kompaniyasi tarixi qidiruv tizimi faoliyati bilan boshlangan, lekin asta-sekin oʻzining koʻplab boʻlinmalariga ega boʻla boshlagan va hozirda Xitoyning eng yirik 50 ta eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 2013-yilda, Baidu soyaboni ostida, keyinchalik Apollon deb nomlangan oʻzining uchuvchisiz avtomobili loyihasini taqdim etdi[4].
Jidu Auto
tahrirDastlab, Baiduning avtomobil sanoatidagi asosiy hamkori BMW edi. Keyinchalik BYD kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan, ammo yakunda loyiha uchinchi hamkor Geely bilan amalga oshirilgan. Jidu Audoda Baiduning ulushi 55 % ni, Geelyning ulushi esa 45 % tashkil qiladi[3]. Jiduning ijrochi direktori etib Xia Yiping (Sya Ipin) tayinlanadi[1]. U avval Fiat-Chrysler kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi „aqlli avtomobillar“ boʻlimi rahbari boʻlib ishlagan[1]. Jidu avtomobillarining bosh dizayneri esa avval Cadillac kompaniyasining bosh dizayneri boʻlgan Frank Vu hisoblanadi. Avtomobil Geely xolding tomonidan taqdim etilgan SEA (Sustainable Experience Architecture) elektromobil platformasida ishlab chiqariladi[1]. Baidu 2021-yil mart oyida avtomobil biznesi uchun „Jidu Auto“ kompaniyasini tashkil etdi. Natijada, birinchi ishlab chiqarish modeli „Robo-01“ nomi bilan taqdim etildi[4][3].
Texnik koʻrsatkichlari
tahrirUshbu krossover oʻlchami Range Rover Velar yoki Changan Uni-K ga oʻxshashdir. Uning uzunligi — 4853 mm, kengligi — 1990 mm, balandligi — 1611 mm. Gʻildirak bazasi — 3000 mm. Eshikning tashqi tutqichlari umuman yoʻq boʻlib, barcha eshiklar ramkasiz dizaynga ega va tom qismi ustunlaridagi miniatyurali tugmalar bilan faollashtiriluvchi elektroprivod bilan jihozlangan. Beshinchi eshikda tortib olinadigan spoyler oʻrnatilgan. Natijada, Robo-01 krossover uchun Cd 0,249 ajoyib tortish koeffitsientiga ega[4][3][6].
Robo-01 toʻliq privodli boʻlib, umumiy quvvati 544 ot kuchi boʻlgan ikkita elektr motorli (har bir oʻqda bittadan) bilan jihozlangan. CATL firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 100 kVt quvvatga ega boʻlgan akkumulyator avtomobilni 600 km masofagacha yurishini taʼminlaydi. Avtomobil 100 km/s tezlikka 3,9 soniyada chiqadi. Kelajakda ishlab chiqariladigan boshqa modifikatsiyalarning barchasi barchasi elektrmobillar boʻladi. Gibrid modellar ishlab chiqarilmaydi[4][3].
Saloni
tahrirSeriyali avtomobilning ichki qismida rul oʻrniga shturval oʻrnatilgan boʻlib, uning yuqori yuzasida burilish signallarini yoqish uchun tugmalar mavjud. Old panelda esa diagonali 35,6 dyuymli keng ekran mavjud. Media tizimini boshqarish uchun eng soʻnggi Qualcomm 8295 mikrochipi (bu toʻrtinchi avlod) oʻrnatilgan. Panelda analog tugmalar qolmagan, hattoki uzatishlar qutisini boshqaruvi ham ekranga joylashtirilgan[4][3].
Robo-01 besh oʻrindiqli salonga ega va yukxona hajmi 555 litrni tashkil qiladi. Orqa qatordagi oʻrindiqlar pastga buklangan holda hosil boʻlgan boʻlinma yordamida yukxona hajmini 1528 litrgacha oshirish mumkin. Ikkinchi qatorda — iqlim nazorati va media tizimini boshqarish uchun etti dyuymli sensorli ekran mavjud. Surilmaydigan panoramali tom ham mavjud[4][3].
Ilk sotuvlar
tahrirBozorga birinchi boʻlib Robo-01 Lunar Edition versiyasi chiqadi, uning tiraji dastlab 1000 nusxa boʻlgan, ammo taqdimot kuni uning soni 2000 ta mashinaga koʻtarilgan. Narxi 55 ming dollar boʻlishi kutilmoqda. Avtomobillar 2023-yilning birinchi yarmida ilk xaridorlarga topshiriladi, keyin esa „oddiy“ versiyalar sotuvi boshlanadi. Jidu Auto 2023-yilda Xitoyning 46 ta shahrida 100 ta dilerlik markazlarini ochishni rejalashtirmoqda[4].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrir- Baidu
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Уникальные фары, двери, как у Lamborghini, кузов от дизайнера Cadillac: Geely и «китайский Google» представили электромобили Jidu“ (ruscha) (23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ Baidu Inc. YouTubeda
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Андрей Ежов. „Jidu Robo-01: первая совместная модель Baidu и Geely поступила в продажу“ (ruscha). kolesa.ru (2022-yil 28-oktyabr).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Игорь Владимирский. „Компания Baidu представила серийный кроссовер Robo-01“ (ruscha). autorewiev.ru. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Baidu's electric vehicle firm Jidu unveils first 'robot' car“ (inglizcha). Reuters (23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ Rasmiy video YouTubeda