Rohatoy Olyorova

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Rohatoy Olyorova (1925-yil, Pop tumani, Namangan viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1953)[1].

Rohatoy Olyorova
Tavalludi 1925-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

Rohatoy Olyorova 1925-yil Pop tumanida tavallud topgan. Olyorova Pop tumanidagi „Ittifoq“, „Kommunizm“ kolxozlarida kolxozchi, 1941-yildan brigadir boʻlib faoliyat yuritgan. 1970-yilda Olyorova boshliq brigadada 60 gektar yerning har gektaridan 45,2 sentner paxta yetishtirilgan. Uch orden va medallar bilan taqdirlangan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 OʻzSE 1980, s. 635

Adabiyotlar tahrir

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XIV tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1980 — 648 bet.