Bosh menuni ochish

Rojdestvo oroli — 1) Hind okeanining sharqiy qismidagi orol, Avstraliya ittifoqi boshqaruvi ostida. Maydoni 156 km². Eng baland joyi 356 m. Tropik oʻsimliklar oʻsadi. Fosfat konlari bor; 2) Tinch okeandagi yirik atollardan biri, Layn o.lari guruhida, Kiribati hududi. Maydoni 395 km². Kokos palmasi plantatsiyalari bor. Dengizdan marvarid olinadi. Orolni 1777 yilda J. Kuk kashf qilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil