Roksana Sherzodovna Xudoyarova (tugʻ. 30-yanvar 2001-yil, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston sportchisi, asosan uzunlikka sakrashga ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2017-yilda yengil atletika boʻyicha oʻgʻil-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida geptatlon boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Roksana Xudoyarova
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 30-yanvar 2001-yil
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport yengil atletika

Martaba

tahrir

2017-yilda Bangkokda (Tailand) yengil atletika boʻyicha oʻgʻil-qizlar oʻrtasida, yetptatlon boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi[1][2].

2018-yilda Tehronda (Eron) oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida u 5,73 m natija bilan bor-yoʻgʻi beshinchi, uch hatlab sakrashda esa 12,69 m natija bilan yettinchi oʻrinni egalladi[3]. Oʻsha yili Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha litsenziyalangan Osiyo turnirida, yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga uch hatlab sakrashda 13,21 m natija koʻrsatib, oltin medal va Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[4][5][6]. Biroq, Buenos Ayresda (Argentina) boʻlib oʻtgan yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u uch hatlab sakrashda 12,94 m natija bilan atigi toʻrtinchi oʻrinni egalladi[7][8].

2019-yilda Doʻhada (Qatar) yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etdi[9][10]. Biroq u muvaffaqiyatga erisha olmadi: uzunlikka sakrashda 6,08 m natija bilan atigi oltinchi, uch hatlab sakrashda 12,63 m natija bilan oʻninchi oʻrinni egalladi[11].

2021-yil iyun oyida Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada uch hatlab sakrashda 14,36 m natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yil 26-iyun kuni Olma-Otada boʻlib oʻtgan Qozogʻiston kubogida uch hatlab sakrash boʻyicha 13,92 m natija bilan uchinchi boʻldi. 2021-yil 29-iyun kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kubogida uch hatlab sakrashda 14,38 m natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[12].

2021-yilda u Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi va uch hatlab sakrashda bellashadilar[13]. Biroq, u saralashda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi va 13,02 m natija bilan bor-yoʻgʻi oʻn toʻrtinchi oʻrinni egalladi va oldinga bormadi[14].

Manbalar

tahrir
  1. 2017-05-24 06:44:00. „ЧА: Роксана Худоярова заняла второе место в семиборье“ (ru). sports.uz (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.[sayt ishlamaydi]
  2. „2nd Asian Youth Athletics Championship 2017“. web.archive.org (2017-yil 22-may). 2017-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  3. „Roksana KHUDOYAROVA | Profile“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  4. „Казахстанские легкоатлеты выиграли три лицензии на юношескую Олимпиаду“ (ru-RU). SportX.kz (2018-yil 5-iyul). 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  5. „3rd Youth Olympic Games 2018 – ASIA Qualification | Singapore Athletics“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  6. „Когда реформы дают плоды: Легкоатлеты Узбекистана в один день завоевали две лицензии“ (ru). sport.ziyonet.uz. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  7. „3rd Youth Olympic Games | World Athletics“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  8. „Мария Привалова – бронза в тройном прыжке“. www.trackandfield.ru. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  9. „Легкоатлеты завоевали четыре медали на чемпионате Азии в Дохе“ (ru-UZ). Газета.uz (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  10. „Ўзбек спорти учун навбатдаги рекорд: Буэнос-Айресдаги ўсмирлар Олимпиадасида 36 нафар спортчи билан иштирок этамиз – Қорақалпоғистон Ахборот Агентлиги“. kknews.uz. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  11. „Wayback Machine“. web.archive.org (2019-yil 25-aprel). 2019-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  12. „Худоярова Роксана“. uzathletics.uz. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  13. Sputnik Узбекистан. „Узбекистанские спортсмены получили уже 62 лицензий для участия в токийской Олимпиаде“ (ru). Sputnik Узбекистан (1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  14. „Athletics - Qualification - Group A Results“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.[sayt ishlamaydi]