Rolls-Royce Ghost – Rolls-Royce Motor Cars tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq oʻlchamli hashamatli avtomobil. „Ghost“ nom belgisi 1906-yilda ishlab chiqarilgan Silver Ghost sharafiga nomlangan boʻlib, 2009-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida eʼlon qilingan. Ishlab chiqarishga moʻljallangan model rasman 2009-yilda Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan.

Rolls-Royce Ghost
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Motor Cars
Model yili 2010–hozir
Zavod(lar) Buyuk Britaniya: West Sussex, England (Goodwood plant)
Tasnifi
Sinfi to'liq o'lchamdagi hashamatli (lyuks) avtomobil
Segment 4 eshikli sedan

BMW AG bayonotiga koʻra, ichki yonuv dvigateliga ega ushbu avlod avtomobili faqatgina 2030-yilgacha ishlab chiqariladi va bundan maqsad kompaniya keyinchalik faqat elektr bilan ishlovchi modellar ishlab chiqarish niyatida ekanligidadir[1].

200EX modeli (2009)

tahrir

"Rolls-Royce 200EX" 2009-yil mart oyida Jeneva avtosalonida namoyish etilgan va Ghost seriyasining umumiy dizayn uslubini koʻrsatib bergan. Hozirgacha seriyaning boshqa modellaridagi dizayn birinchi modelnikidan deyarli farq qilmaydi[2].

Birinchi avlod

tahrir
Birinchi avlod
 
Asosiy maʼlumotlar
Model yili 2010–2020
Tasnifi
Platformasi BMW L6[3]
Kuch moslamalari
Dvigateli 6.6 L N74B66 V12-T
Transmissiyasi 8-speed 8HP90 automatic
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3465mm
Uzunligi 5569mm
Kengligi 1948mm
Balandligi 1550mm
Vazni 2490kg

Rolls-Royce Ghostning rasmiy nomi dastlab 2009-yil aprel oyida eʼlon qilingan, seriyaning birinchi avtomobili esa 2009-yilda Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan va 2009-yil sentyabr oyida sotuvga chiqarilgan[4][5].

1-seriya (2009-2014)

tahrir

Ghost dizayni Andreas Thurner va Charles Coldham tomonidan ishlab chiqilgan va muxandis Helmut Riedl tomonidan loyihalangan. Helmut Riedl kattaroq model, Rolls-Royce Phantom loyihasiga ham bosh boʻlgan[6][7]. Dizayn bosqichida RR04 kod nomini olgan Ghost, Bentley Flying Spur va Mercedes-Benz S-Class kabi Phantomga qaraganda ancha arzonroq avtomobillar bilan raqobat qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

2-seriya (2014–2020)

tahrir

Yangilangan 2-seriya Ghost 2014-yilda Jeneva avtosalonida taqdim etilgan.

Galereya

tahrir

1-seriya

2-seriya

Ikkinchi avlod

tahrir
Ikkinchi avlod
 
Asosiy maʼlumotlar
Model yili 2021–hozir
Kuch moslamalari
Dvigateli 6.75 L N74B68 twin-turbocharged V12 (petrol)
Transmissiyasi 8-speed 8HP90 automatic
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3465mm
Uzunligi 5715mm
Kengligi 1979mm
Balandligi 1550mm
Toʻliq vazni 2599.1kg

Ghostning keyingi avlodi birinchi marta 2019-yil 24-yanvarda uzoq kutilgan yangilanish bilan sinovdan oʻtkazildi va 2020-yil 1-sentabrda toʻliq namoyish etildi[8]. Birinchi avloddan farqli oʻlaroq, bu avtomobil sakkizinchi avlod Phantom va Cullinan yoʻl tanlamasi bilan bir xil platformaga ega.

Manbalar

tahrir
  1. „Rolls-Royce Will be BMW Group's Second All-Electric Brand“ (2021-yil 30-sentyabr).
  2. „Rolls-Royce Ghost V-Spec (2014) first official pictures“. CAR Magazine. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.[sayt ishlamaydi]
  3. https://www.sae.org/images/books/toc_pdfs/MRSB172.pdf
  4. „ROLLS-ROYCE MOTOR CARS NAMES RR4“. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.[sayt ishlamaydi]
  5. „ROLLS-ROYCE TO UNVEIL GHOST AT FRANKFURT MOTOR SHOW“. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.[sayt ishlamaydi]
  6. Steve Cropley. „Rolls-Royce 200EX: full details“. Autocar (2009-yil 19-fevral). Qaraldi: 2009-yil 2-may.
  7. „Editions – Contributors Andreas Thurner“. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  8. „Post Opulence: Rolls-Royce Reveals the Super-Luxury Consumer Insights That Informed New Ghost“. Rolls-Royce Motor Cars (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.