Roman Steinberg
Roman Steinberg (talaffuzi: Roman Shtaynberg, yana Steynberg[1], 1900-yil 5-aprel – 1939-yil 20-may[2]), keyinchalik familiyasini Kivimägi (talaffuzi: Kivimyagi) – estoniyalik yunon-rum kurashchisi, Parijdagi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi (1924).
Roman Steinberg | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Estoniya |
Tavallud sanasi |
5-aprel 1900-yil Revel, Rossiya imperiyasi |
Vafot sanasi |
20-may 1939-yil (39 yoshda) Tallin, Estoniya |
Sport | |
Mamlakat | Estoniya |
Qaysi sport | kurash |
Klubi | Kalev |
Biografiyasi
tahrirRoman Steinberg 1900-yil 5 aprelda Rossiya imperiyasining Tallin shahrida tugʻilgan[1][3]. Kema motorchisi boʻlib ishlagan[1]. Bir qator manbalar, jumladan, Estoniya ensiklopediyasida Roman Steinberg 1928-yilda Tallinda 28 yoshida vafot etgani koʻrsatiladi. Biroq, bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, chunki Steinberg spirtli ichimliklar shishalarini (4 shisha konyakni) deklaratsiya qilmagani uchun 7 haftaga qamalganligi haqida maʼlumotlar mavjud[3][4]. Qamalishi ensiklopediya tomonidan sportchi vafot etgan kun sanasi chop etilishidan keyin sodir boʻlgan. 1938-yilda Roman Steinberg familiyasini toʻgʻridan toʻgri shu maʼnoni bildiruvchi estoncha familiyaga Kivimägiga oʻzgartiradi[3]. Anette Takk (1905—1967) bilan turmush qurgan (toʻyi 1938-yildan keyin boʻlib oʻtgan)[3]. Ularning Eike Tikerpuu (1929—2009) ismli qizi boʻlgan[4]. 1939-yil 20-mayda 39 yoshida sil kasalligidan vafot etgan[3]. Buni Päevaleht ja Uudislehtdagi qayd yozuvi va qabr toshidagi sana tasdiqlaydi[3].
Faoliyati
tahrirValvaya sport seksiyasida kurashni bilan shugʻullangan va oxir-oqibat „Kalev“ klubiga oʻtadi va u yerda Robert Oksa[1] murabbiyligida mashgʻulotlarni boshlaydi. 1921-yilda yunon-rum kurashi boʻyicha yarim oʻrta vaznda Estoniya chempioni boʻladi. Keyingi yili oʻrta vazn toifasiga koʻtariladi, 1922 va 1923-yillarda yana ikkita milliy chempionlikni qoʻlga kiritadi[1]. 1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[5]. Roman Steinbergning bronza medali hozirda Tartu sport muzeyida saqlanadi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Бронзовый призёр Роман Стейнберг“ (ru). Eesti Olümpiakomitee (2014-yil 7-aprel). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-may.
- ↑ Vo mnogix istochnikax ukazivaetsya nevernaya data smerti – 16 aprelya 1928 goda
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „«4 бутылки коньяка, 7 недель тюрьмы и 11 лет урезанной жизни»“. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „4 БУТЫЛКИ КОНЬЯКА, 7 НЕДЕЛЬ ТЮРЬМЫ И 11 ЛЕТ УРЕЗАННОЙ ЖИЗНИ“. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Wrestling at the 1924 Paris Summer Games: Men's Middleweight, Greco-Roman“ (en). Olympics at Sports-Reference.com. 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-may.