Romansement — gidravlik bogʻlovchi material boʻlib, 850-900 C haroratda kuydirilgan magnezial mergel va ohaktoshni maydalash yoʻli bilan olinadi. Tarkibida 24-25 % tuproq birikmalaridan tashkil topgan qoʻshimchalar boʻladi. Sementning ushbu turi xossalari(qotish vaqti)ni boshqara olish uchun uning tarkibiga 15 %gacha mineral bogʻlovchilar qoʻshiladi. Mustahkamligi boʻyicha romansement markalari 3 xil: 25, 50, 100 boʻladi.

Romansement tarkibida magniy oksidi (MgO) va ohak boʻlganligi sababli uning mustahkamlik darajasi sementning boshqa turlariga nisbatan past. Romansementning qotish tezligi koʻp jihatdan atrof muhitning harorati va havoning nisbiy namligiga bogʻliqdir. Havo haroratining koʻtarilishi material qotishini tezlashtiradi, sovuq haroratda esa bu jarayon sekinlashadi.

Ushbu materialni 2 oydan uzoqroq muddatda saqlash tafsiya qilinmaydi, aks holda uning sifati pasayadi. Romansementning mustahkamlik darajasi sementning boshqa turlariga nisbatan past boʻlgani uchun hozirgi kunda unga katta talab mavjud emas. Ushbu material betonning past markali turlarini ishlab chiqarishda, namlik darajasi yuqori boʻlgan hollarda inshootlarning tashqi qism qoplamasi sifatida qoʻllanadi.